Savollarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Matbuot xizmati javob berdi

525
Alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab pedagoglariga dars qaysi mezon asosida taqsimlanadi? Ular uchun minimum va maksimum dars soatlari qancha?

Asosan, o‘qituvchi­ning ma’lumoti (ya’ni muassasaning turiga ko‘ra ko‘zi ojiz bo‘lsa tifloni, eshitishida nuqsoni bor bolalar maktabi bo‘lsa surdoni, aqli zaif­lar maktabi bo‘lsa oligofrеno pedagogikani bilishi), ish staji, dars o‘tish mahorati, ota-onalar bilan ishlash layoqati, muassasalarning ichki monitoring natijasiga ko‘ra mutaxassisning ishga munosabati, ochiq darslari, ichki tartib intizomga rioya qilishi, o‘tkazgan tadbirlari inobatga olinadi. Shunga ko‘ra, dars taqsimot qilinib, maktabning pedkengashi qarori bilan tasliqlanadi.

Dars yuklamasi(stavkasi) – (umumta’lim maktablari singari) boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 18 soat, yuqori sinf o‘qituvchilari uchun 20 soat belgilangan.