Mustaqillik muborak, hur O‘zbekiston!

Ruhiyat manzaralari Mustaqillik muborak, hur O‘zbekiston!
36

Mustaqillik muborak, hur O‘zbekiston!


Tarixning sinovli yo‘llaridan o‘tib,
G‘ururin tikladi bu qadim millat.
Zulmatli kunlarni ortda qoldirib,
Eshigimiz qoqdi eng oliy ne’mat.

Ona O‘zbekiston — ozod guliston,
Ko‘ksingda porladi iqbol chirog‘i.
Bugun senga boqib hayratda jahon,
Ko‘klarda hilpirar Vatan bayrog‘i

Mangu barhayot bo‘l, ey ona Vatan,
Istiqlol nashidang bo‘lsin bepoyon.
Seni jonimizdan ortiq sevamiz,
Mustaqillik muborak, hur O‘zbekiston!

Gulhayoxon MULLAJONOVA,

Farg‘ona viloyati yozuvchilar uyushmasi "Oltin qalam" to‘garagi a'zosi 

Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish