Savollarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Matbuot xizmati javob berdi
Alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab pedagoglariga dars qaysi mezon asosida taqsimlanadi? Ular uchun minimum va maksimum dars soatlari qancha?
Asosan, o‘qituvchining ma’lumoti (ya’ni muassasaning turiga ko‘ra ko‘zi ojiz bo‘lsa tifloni, eshitishida nuqsoni bor bolalar maktabi bo‘lsa surdoni, aqli zaiflar maktabi bo‘lsa oligofrеno pedagogikani bilishi), ish staji, dars o‘tish mahorati, ota-onalar bilan ishlash layoqati, muassasalarning ichki monitoring natijasiga ko‘ra mutaxassisning ishga munosabati, ochiq darslari, ichki tartib intizomga rioya qilishi, o‘tkazgan tadbirlari inobatga olinadi. Shunga ko‘ra, dars taqsimot qilinib, maktabning pedkengashi qarori bilan tasliqlanadi.
Dars yuklamasi(stavkasi) – (umumta’lim maktablari singari) boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 18 soat, yuqori sinf o‘qituvchilari uchun 20 soat belgilangan.
Shu kecha va kunduzda
TA’LIM FALSAFASI
Sifatsiz maktablar soni kamaymayapti…
“OVQATLANAY DESAK, OSHXONA YO‘Q, OSHXONA BO‘LSA VAQT YO‘Q”
Yapon olimining Mirzo Boburga maktubi
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank