Hujjatlar
3 / 07 / 2015
Jismonan baquvvat, sog‘lom, irodali va ruhan tetik farzandlarni kamolga yetkazishda jismoniy tarbiya fanining ahamiyati nihoyatda katta. Dars jarayonidagi nazariy bilimlar o‘g‘il-qizlarni ruhiy kamolotga yetaklab, ma’nan chiniqtiradi, ziyrakligi va zukkoligini yanada oshiradi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar shaxsiy va ovqatlanish gigiyenasi, kun tartibini rejalashtirish, ertalabki badantarbiya mashqlarining ahamiyati haqidagi bilimlarga ega bo‘ladilar.
Amaliy mashg‘ulotlardagi jismoniy mashqlar esa o‘quvchini toblaydi, harakat imkoniyatlarini kengaytiradi. Yugurish, sakrash, uloqtirish mashqlari orqali bolaning jismoniy...
Hujjatlar
3 / 07 / 2015
Kimyo fani insoniyat taraqqiyotida juda katta o‘rin tutadi. Tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, umuman, barcha sohalar rivojida mazkur fan olamida erishilgan yutuqlar yotadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o‘qitishdan asosiy maqsad esa o‘quvchilarda fan va texnikani o‘rganishga qiziqish uyg‘otish, pirovardida, intellektual salohiyatli avlodni voyaga yetkazishdan iboratdir.
Hozirgi kunda o‘qitish jarayonida ilg‘or, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib darslarni tashkil etish maqsadga muvofiq. Xususan, mahoratli o‘qituvchilar tajribasi asosida...
Hujjatlar
3 / 07 / 2015
Mehnat ta’limi fani o‘qituvchisi o‘quvchining politexnik dunyoqarashini shakllantirishi, materiallarni qayta ishlashning yangi zamonaviy texnika va texnologiyalari to‘g‘risida tasavvur uyg‘otishi, kasb-hunarlar haqida ma’lumot berishi, kasb tanlashga, ilk maktab yoshidan mehnatga ijodiy yondashishga, mustaqil ishlashga, tejamkorlikka o‘rgatishi hamda estetik madaniyatini rivojlantirishi lozim. Fanni o‘qish orqali o‘quvchilar kundalik hayotida zarur bo‘ladigan uy-ro‘zg‘or ishlarini texnologiya asosida bajarishni o‘rganadi, qobiliyati va qiziqishiga mos kasb-hunar tanlaydi, oila budjetiga hissa...
Hujjatlar
3 / 07 / 2015
Farzandlarimizni nozik did sohiblari etib tarbiyalashda tasviriy san’at fanining ahamiyati katta bo‘lib, xalq hunarmandchiligi, xususan, amaliy bezak san’ati, badiiy hunarmandchilik, me’morchilik va dizayn san’ati sirlaridan voqif etadi. Darslarning rang-barang, mazmunli va qiziqarli tashkil etilishi o‘g‘il-qizlarimizning badiiy tafakkurini ham o‘stiradi.
Shuningdek, o‘quvchilarda:
— san’at asarlarining ijtimoiy mohiyati va ahamiyatini anglash, idrok etish va baholash, ularga estetik munosabat bildirish ko‘nikmasini rivojlantirish;
— atrof-muhit, borliqdagi va san’at asarlaridagi...
Hujjatlar
3 / 07 / 2015
Umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini, milliy g‘urur hamda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, tafakkurini kengaytirish, bolalardagi ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o‘stirish hamda tashabbuskorlikni tarbiyalashdan iboratdir.
Musiqa tinglash badiiy ta’limning muhim vositalaridan biri bo‘lib, u darsning barcha faoliyat turlarini bajarish jarayonida amalga oshiriladi. Tinglash bolalarda hayotni, borliqni anglash va bilish qobiliyatini rivojlantiradi. Bunda musiqa tili, ifoda vositalari, janr va shakllarini...
Hujjatlar
3 / 07 / 2015
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning matematika faniga qiziqishini, bilim samaradorligini oshirish, fan va texnikani o‘rganishga intilishlarini kuchaytirish uchun o‘qituvchi o‘z ustida muntazam ishlashi, bilim va mahoratini oshirib borishi zarur. Shu bois avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarida, eng avvalo, 2014-2015-o‘quv yilida matematika fanidan o‘tkazilgan ta’lim sifati monitoringi natijalarini tahlil qilgan holda, o‘zlashtirilishi murakkab bo‘lgan mavzularni aniqlash, yangi o‘quv yilida bu mavzularni multimedia vositalari, pedagogik texnologiyalar yordamida o‘tish...
Hujjatlar
3 / 07 / 2015
Informatika fanini o‘qitishni takomillashtirish uchun 2014-2015-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlarga nazar solib, erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni sarhisob qilish kelgusidagi faoliyatni to‘g‘ri o‘zanda davom ettirishga asos bo‘ladi. Fanni o‘qitishda o‘qituvchilarning o‘quvchilarni fan va texnika olamida ro‘y berayotgan eng oxirgi yangiliklar bilan tanishtirishga e’tibor qaratishi avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarida asosiy masala sifatida ko‘rib chiqilishi zarur.
Ta’kidlash joizki, umumta’lim maktablarini zamonaviy kompyuter, elektron...
Hujjatlar
3 / 07 / 2015
Hozirgi kunda biologiya ta’limini takomillashtirishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Zero, zukko yoshlarimiz qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’i nazar, minglab turdagi tabiiy usullarda olinadigan oziq-ovqat, dori-darmon, kiyim-kechaklar, sanoat va qurilish hamda xalq xo‘jaligining turli ehtiyojbop mahsulotlari bugungi kun biologiya fanining yutuqlari mahsuli ekanini anglamoqdalar. Shu bois umumta’lim muassasalarida mazkur fanni chuqur o‘qitishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Jumladan, maktablarning zamonaviy texnik vositalar, o‘quv-laboratoriya jihozlari, o‘quv filmlari, elektron darsliklar, virtual laboratoriyalar bilan...
Hujjatlar
3 / 07 / 2015
Geografiya fanini zamon talablari darajasida o‘qitish, dars sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilar qalbida ushbu fanga qiziqish uyg‘otish har bir o‘qituvchi oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda fanni o‘qitish tobora takomillashmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar mohiyatini o‘qituvchilarga yetkazish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, olgan nazariy bilimlari asosida o‘quvchilarda muayyan ko‘nikma va malakani shakllantirish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, darsdan tashqari to‘garak ishlarini yanada jonlantirish uchun avgust kengashlari...
Hujjatlar
3 / 07 / 2015
Fizika ta’limining ahamiyati fanning texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohasida va kundalik hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Shunday ekan, o‘quvchilarda atrof-olamni, fizika fanini va fan-texnika yutuqlarini o‘rganishga qiziqish uyg‘otish uchun darslarni hozirgi davr talablari darajasida tashkil etish, o‘quvchilarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish uchun darslarda ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, zamonaviy laboratoriya o‘quv anjomlaridan samarali foydalanish, soha yangiliklarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha turli amaliy darslar o‘tkazish,...
Hujjatlar
3 / 07 / 2015
Adabiyot millatning qon tomiridir. Bu fan bevosita qalb tarbiyasiga, yosh avlodga ma’naviyat va ma’rifat ulashishga xizmat qiladi. Adabiyot fani bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlarida muhokamaga qo‘yiladigan masalalar “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda belgilanib, ta’sirchanligi, samarasi, natijaviyligi jihatidan o‘qituvchilarni yangi o‘quv yili oldidan boy va puxta bilim, ma’lumot hamda tavsiyalar bilan qurollantirishi zarur.
Mustaqillik yillarida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar, ayniqsa, Prezidentimiz...
Hujjatlar
3 / 07 / 2015
O‘quvchilarning yozma savodxonligini oshirish, ularga o‘zbek tili imlo qoidalarini mukammal o‘rgatish va to‘g‘ri yozishga odatlantirish bugungi kunning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Shu bois mamlakatimizda o‘zbek tilini chuqur o‘rgatishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Joriy yilning aprel oyida Navoiy viloyatida o‘zbek tili ta’limini takomillashtirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan doimiy til anjumanining XIII yig‘ini ham “Ta’lim jarayonida yozma savodxonlikni oshirishning asosiy omillari” mavzusiga bag‘ishlandi.