Diydora HOJIYEVA
Ko‘plab o‘quvchilar oddiy mavzuni ham keyingi darsgacha eslab qololmaydi. Birinchidan, buning sababi bolalarimizning qo‘lidagi telefon. Undagi ma’lumotlar o‘quvchilarning ongiga ta’sir qilib bo‘lgan. Ikkinchidan, ota-onalarning befarqligi va savodsizligi. To‘g‘ri, bolasini tergashi mumkin, lekin nima dars o‘tding, mavzudagi falon narsa qanday bo‘lar ekan deb savol bermasligidir. Bolalarimiz internetga ishonib qolishgan. Kerak paytda o‘sha narsani “internet bor-ku, o‘sha yerdan topib olaveraman” deb o‘ylashadi. Universitetga topshirish vaqti kelganda esa repetitorga borishadi. Ota-onalar jon deb pulga ikkinchi bor o‘qitishga rozi. Qisqasi, ayrim o‘quvchilar maktab, dars mavzularini mensimaydi. Yoshligidan oilasida yuksak ma’naviyat muhitida ulg‘aymagan bola osongina telefon domiga tushib qolmoqda. (2023-yil, 8-noyabr).
Shu kecha va kunduzda
Ilm olishdan oldin o‘zingizni ruhan tayyorlang
Internetdagi qisqa videolar insonlarning diqqatni jamlash qobiliyatini qiyinlashtiradimi?
Kitob o‘qishga rag‘batni qanday oshiramiz?
❗️Bolani 1-sinfga qabul qilish uchun qanday tibbiy ma’lumotnomalar kerak?
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank