Al-Xorazmiy oromgohi – kelajak avlod tarbiyasiga xizmat qilayotgan maskan
Yangi O‘zbekistonda yosh avlodning jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, Vatanga sadoqat ruhida kamol topishi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti tizimidagi oromgohlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklangan.
Xorazm viloyatidagi “Al-Xorazmiy” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi ana shunday maskanlardan biri bo‘lib, bu yerda bolalarning mazmunli dam olishi, sog‘lig‘ini mustahkamlashi, bilim va iste’dodini rivojlantirishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Oromgohda tajribali pedagoglar, tarbiyachilar, yetakchilar va tibbiyot xodimlari hamjihatlikda faoliyat olib borib, har bir bolaga mehr va e’tibor bilan yondashmoqda.
Mavsum davomida “Salom, oromgoh!”, “Bolalar festivali”, “Harbiy-vatanparvarlik kuni”, “Ijod va iste’dod kuni”, “Milliy qadriyatlar kuni”, “Mohir qo‘llar va kasb-hunar kuni”, “Sport va salomatlik kuni”, “Millatlar do‘stligi kuni” hamda “Turizm va o‘lkashunoslik kuni” kabi mazmunli tadbirlar tashkil etilib, bolalarning bo‘sh vaqti samarali tashkil qilinmoqda. Turli to‘garaklar, sport musobaqalari, ijodiy tanlovlar va ma’rifiy uchrashuvlar esa ularning qobiliyatini yuzaga chiqarish, ijodiy salohiyatini rivojlantirish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.
Oromgoh jamoasining fidokorona mehnati nafaqat bolalarning quvonchi, balki erishilayotgan yutuqlarda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, oromgohda uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan Xidirova Darmonjon Ruzimboyevna respublika miqyosida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi bosh tarbiyachisi” ko‘rik-tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, ushbu nufuzli nominatsiya sohibasi bo‘ldi.
Bu yutuq nafaqat ustozning shaxsiy muvaffaqiyati, balki “Al-Xorazmiy” oromgohi jamoasining yuksak kasbiy mahorati, tarbiyaviy ishlar sifati va fidokorona mehnatining e’tirofi sifatida barchamizga faxr bag‘ishlaydi.
Bizning eng katta yutug‘imiz esa oromgohni quvonch va unutilmas taassurotlar bilan tark etayotgan bolalarning samimiy tabassumi, ota-onalarning yuksak ishonchi hamda farzandlarimiz qalbida ezgu xotiralar qoldira olayotganimizdir.
Kelajak egalari bo‘lgan yosh avlodning barkamol inson bo‘lib voyaga yetishida “Al-Xorazmiy” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi bundan buyon ham o‘zining boy tajribasi, fidoyi jamoasi va ezgu maqsadlari bilan yurtimiz ravnaqi hamda sog‘lom avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shishda davom etadi.
Shu kecha va kunduzda
Al-Xorazmiy oromgohi – kelajak avlod tarbiyasiga xizmat qilayotgan maskan
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: “Prezident sovg‘alari” hududlarga yetkazilmoqda
“NG” haqida ertak
"Befit Race–2026"
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank