Endi Garvardda tekinga o‘qish mumkin?
74.webp)
Bir nafar talabaga Garvardda bir yil o‘qish uchun 56 000 dollardan ortiq, uy-joy va boshqa xarajatlar bilan birga qo‘shganda, 83 000 AQSH dollari miqdoridagi pul ketadi.
Endi esa o‘qish bepul bo‘ladi
Universiteti kelasi kuzdan boshlab oilasi yiliga 200 000 dollar yoki undan kam maosh oladigan talabalar uchun o‘qishni bepul qilishini ma’lum qildi.
Buning uchun Universitet 2025-2026-o‘quv yili uchun 275 million dollar miqdorida moliyaviy yordam beradi.
Daromadlari 100 000 AQSH dollaridan kam bo‘lgan oila farzandlari barcha xarajatlar, jumladan xona, ovqat, tibbiy sug‘urta pullari to‘liq qoplanadi.
Shuningdek, 1-kurs talabalariga boshlang‘ich xarajatlari uchun 2,000$ beriladi va 3-kursda bitiruvga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun yana 2,000$ beriladi.
Ammo hali bayonotda ushbu dasturning xalqaro talabalarga tatbiq etilishiga aniqlik kiritilmagan.
Shu kecha va kunduzda
AKADEMIYADA "TALABALAR BAHORI"
“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
Prezident Andijon aeroportida olib borilayotgan modernizatsiyalash ishlari bilan tanishdi
“FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH VA FUQARO MUHOFAZASI OYLIGI” DOIRASIDAGI TADBIR
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank