Geologiya muzeyning yangi binosi oʻz ish faoliyatini boshladi

Geologiya muzeyning yangi binosi oʻz ish faoliyatini boshladi. Harbiy orkestr sadolari ostida, mehmonlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Mamlakatimizdagi 50 mingdan ortiq geologik hayratlanarli, chiroyli va qimmatbaho namunalarni bir joyga jamlagan binoga qizil gilamdan kirib borar ekansiz, oʻzga olamga tushib qolgandek boʻlasiz.
Muzey toʻrt qavatli boʻlib, uning 10dan ortiq ko‘rishga arzigulik zallari mavjud.
Koʻrgazma zallaridagi har bir kolleksiya yurtimizdagi minerallar qazilma ishlari natijasida yigʻilgan. U yerga tashrif buyurib, tabiiy axborot tashuvchi boʻlgan eksponatlarni koʻrish bilan birga tarixiy maʼlumotlarga ham ega boʻlasiz.
Shu kecha va kunduzda
Inson qadri – eng oliy qadriyat
XALQI MA’NAVIYATLI VATAN – KUCHLI
XOTIRA – MUQADDAS!
TAVSIYANOMALAR TANTANALI TOPSHIRILDI
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank