Hunarli kishi elda xor boʻlmas
Oʻtmishdan ota-bobolarimiz turli hunarlar bilan shugʻullanganlar. Hunarmandchilik bilan shugʻullangan insonlar oʻgʻil-qizlarini ham oʻrgatishgan. Hunarmandchilik bilan shugʻullanganlar orasida, hattoki shahzoda va malikalar ham bo‘lib, ularni yoshligidan usta hunarmandlarga shogirdlikka berishgan. Hunar oʻrganishning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, biron-bir chiroyli buyum yaratgan insonning dilidan yovuzlik ketib, qalbi go‘zallashadi. Oʻzi yaratgan buyumlar bilan qanchalik zavqlansa, atrofdagi kishilarga ham shunchalik zavq-u shavq ulashadi. Hunarning yana bir tarafi u insonga xoh yosh boʻlsin, xoh keksa, hayotini bekorga oʻtkazmayotganligini his qilishiga yordamlashadi. Insonlarni yaxshilikka, goʻzallik yaratishga chorlaydi. Shunday ekan, hozirgi axborot texnologiya asrida biz kattalar, ota-onalar farzandlarimizni bilim olishi bilan birgalikda biron-bir oʻzining qiziqishi boʻlgan hunarni oʻrganishiga imkon yaratib bersak, nur ustiga a’lo nur boʻlar edi.
Muqaddas MELIYEVA,
Gulsun ISROILOVA,
Pastdargʻom tumanidagi
24-maktab oʻqituvchilari
Shu kecha va kunduzda
Muvozanat
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi
Ayblashdan oldin eshiting!
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari psixologlari uchun oʻquv-seminar o‘tkazilmoqda
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank