JSST jahon tibbiyotidagi 5 ta eng muhim yutuqni e’lon qildi

Salomatlik JSST jahon tibbiyotidagi 5 ta eng muhim yutuqni e’lon qildi
62

🔴 🌍🌍


❗️ JSST jahon tibbiyotidagi 5 ta eng muhim yutuqni e’lon qildi


✅  O‘tgan 2025 yil dunyo tibbiyoti uchun global miqyosdagi yangiliklarga boy bo‘ldi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yil yakunlariga bag‘ishlab e’lon qilgan navbatdagi hisobotidan shu kabi eng muhim 5 ta yutuq joy olgan. 


❓ Xo‘sh, ular qaysilar?


1️⃣ Tuberkulyoz: O‘lim darajasi kamaymoqda


➗  So‘nggi o‘n yil ichida sil kasalligidan vafot etganlar soni sezilarli darajada kamaydi. Ayniqsa, bu borada Afrika va Yevropa mintaqalarida ijobiy tendensiyalar qayd etilib, o‘lim ko‘rsatkichlari mos ravishda 46 va 49 foizga pasaydi. 


➡️  JSST bunday yutuqlar badavom bo‘lishi uchun OITS, qandli diabet, chekish va to‘yib ovqatlanmaslik kabi xavf omillariga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirish zarur, degan xulosada. 


2️⃣  Qizamiq: Vaksinalar millionlab insonlar hayotini saqlab qolyapti


🔎 Ommaviy emlash tadbirlari natijasida o‘tgan yili qizamiqdan o‘lim ko‘rsatkichi 2000 yil boshiga nisbatan qariyb 90 foizga kamaydi. 


🩺 Shunga qaramay, ayrim mamlakatlarda bu borada sustkashlik kuzatilmoqda. Bir yil avval dunyo bo‘ylab taxminan 11 million kishiga qizamiq tashxisi qo‘yilgani so‘zimiz tasdig‘idir. 


3️⃣  Ayrim mamlakatlarda xavfli infeksiyalar to‘liq bartaraf etildi


📍 Maldiv orollari dunyoda ilk bor OITS, sifilis va gepatit V ning onadan bolaga yuqishini to‘liq to‘xtatgan davlat sifatida e’tirof etildi. 


📌 Burundi, Misr va Fiji traxoma xastaligi, Gvineya hamda Keniya uyqu kasalligi, Nigeriya esa onxoserkozga butunlay barham berishga erishdi. 


4️⃣  Bezgakka qarshi kurashda yangi bosqich


💉 2025 yilda Gruziya, Surinam va Timor-Leshti “bezgakdan xoli davlatlar” sifatida tan olindi. Afrikaning yana 7 ta mamlakatida bu kasallikka qarshi emlash joriy etildi. 


📊 Hozir bezgakka qarshi vaksinalar dunyoning 24 davlatida qo‘llanilmoqda. Bunday chora-tadbirlar tufayli sayyoramiz bo‘yicha taxminan 170 millionta kasallanish va 1 millionga yaqin o‘lim holatlarining oldi olindi.


5️⃣  Emlash dasturlari kengaymoqda


🗺  Dunyo bo‘ylab meningit, poliomiyelit, pnevmokokk va rotavirus infeksiyalari, shuningdek, bachadon bo‘yni saratonining asosiy sababi bo‘lgan inson papilloma virusi (OPV)ga qarshi emlash qamrovi kengaymoqda. 


‼️ O‘tgan yili 86 million nafar qiz OPVga qarshi vaksina olgan. Emlash va skrining tekshiruvlari kuchaytirilishi natijasida Braziliya, Xitoy, Indoneziya, Nigeriya, Pokiston va Ruanda bachadon bo‘yni saratonini to‘liq bartaraf etish arafasida turibdi. 



Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish