Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan ayrim oilalarga subsidiya ajratiladigan boʻldi va ularni qoʻllab-quvvatlashning yangi instrumentlari yaratiladi

O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini
moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoniga
2025-yil 1-apreldan “Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali, 2025-yil 1-sentabrdan
esa “Ayollar daftari” jamg‘armalari orqali to‘lanadigan bir martalik moddiy
yordamlar o‘rniga kam ta’minlangan oilalar uchun nazarda tutilgan nafaqalar
to‘lanadi.
2025-yil 1-maydan
“Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari hisobidan davolash va jarrohlik amaliyotini
o‘tkazish xarajatlari Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali
moliyalashtiriladi.
2025-yil 1-apreldan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam o‘rniga ushbu hududlarda yashovchi Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga uy-joyida artezian quduq qazish, suv nasoslarini o‘rnatish hamda ichimlik suv filtrlarini xarid qilish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi joriy etiladi.
Bunda
subsidiya xarajatlarning 90 foizi, biroq BHMning 30 baravaridan ko‘p bo‘lmagan
miqdorda ajratiladi.
2025-yil 1-maydan ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga BHMning 6 baravari miqdoridagi bir martalik nafaqa puli “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali to‘lanadi.
Tuman
(shahar) hokimliklari huzurida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik”
jamg‘armalari tashkil etiladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-apreldan Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar uchun “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari orqali qoʻllab-quvvatlashning quyidagi yangi instrumentlari joriy etiladi:
- kamida 3 nafar xotin-qizlar, yoshlar va aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining bandligi hamda ijtimoiy faolligini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun tegishincha “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari hisobidan BHMning 60 baravarigacha grantlar ajratish;
- “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan:
- nogironligi boʻlgan yoshlarga parasport toʻgaraklariga qatnashishi uchun yoʻl haqi xarajatlarini har oyda BHMning 1 baravarigacha miqdorda qoplab berish;
- 6 oy davomida muntazam ravishda sport va sanʼat toʻgaraklariga qatnashayotgan yoshlar uchun qiymati BHMining 10 baravaridan oshmaydigan maxsus sport forma, inventar, musiqa va cholgʻu asboblarini xarid qilish;
- yongʻin, suv toshqini, zilzila va boshqa texnogen hodisalar oqibatida zarar koʻrgan oilalarga uy-joylarini tiklash va taʼmirlash xarajatlarini qoplash uchun “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi orqali BHMning 150 baravarigacha boʻlgan miqdorda yordam koʻrsatish.
Shu kecha va kunduzda
Iqlim inqirozi qanday qilib gender tengsizlikni kuchaytiradi
JSST: Kelgusi 25 yilda 2,5 milliard nafarga yaqin yoshlar eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin
Tarixiy yodgorliklarga 46,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi
Kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlarni yuborish davom etmoqda
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

Iqlim inqirozi qanday qilib gender tengsizlikni kuchaytiradi

JSST: Kelgusi 25 yilda 2,5 milliard nafarga yaqin yoshlar eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin

Nogironlik pensiyasi qachon umrbod muddatga tayinlanadi?
