“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy universitetida talabalar bandligini ta’minlash hamda 2024/2025-o‘quv yili bitiruvchilarini ishga taqsimlash maqsadida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Unda ishtirok etgan respublika, viloyat, shahar va tumanlardagi 100 dan ortiq tashkilot, muassasa va korxonalar tomonidan 10 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi.
Tadbirni universitet rektori Inom Majidov ochib berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy banki huzuridagi “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Hoshimov hamda “Uzbek Leasing International” AJ Bosh direktori Zafarjon Mustafayevning qutlov so‘zlari tinglandi.
Tadbir doirasida “O‘zmilliybank” AJ huzuridagi “Kelajakka qadam” Markazining universitetdagi filiali ham foydalanishga topshirildi. Bu yerda doimiy asosda bank xodimlari faoliyat olib boradi hamda tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan bitiruvchilarga imtiyozli kreditlar taqdim etiladi.
Ma’lumot uchun, hozirda universitetda 56 ta bakalavriat, 59 ta magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha 34 mingdan ortiq talaba, 1000 dan ortiq doktorant ilmiy faoliyat olib bormoqda. Shundan yarmarkada 7500 nafardan ortiq bitiruvchi, shuningdek, 15 mingga yaqin ishga joylashish istagidagi talaba ishtirok etdi.
Shu kecha va kunduzda
Ayrim talaba qizlarga maxsus stipendiya joriy etiladi
FVV AKADEMIYASI HARBIY XIZMATCHILARI VA KURSANTLARI O‘RTASIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI
O‘ZBEKISTONDA OLIY TA’LIM: KECHA, BUGUN VA ERTAGA
Inson qadri – eng oliy qadriyat
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank