Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi
Yurtimiz yoshlarining ham jismonan, ham ma’nan barkamol bo‘lib ulg‘ayishiga hissa qo‘shayotgan, har yili o‘tkazilishi an’anaga aylangan − “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” badiiy gimnastika musobaqasi qizaloqlarning ushbu sport turidagi mahoratini yana bir karra munosib baholadi.
Respublika “Kelajak” sport markazida “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” badiiy gimnastika musobaqasi final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Yakuniy bahslarda jami 98 nafar oʻquvchi-qiz ishtirok etdi. Umumiy natijalarga koʻra, jamoaviy bahslar boʻyicha:
1-oʻrin − Toshkent shahridagi 168-maktab jamoasiga;
2-oʻrin − Kogon shahridagi 7-maktab jamoasiga;
3-oʻrin − Guliston shahridagi 6-maktab jamoasiga nasib qildi.
Yakka ishtirokchilar yoʻnalishi boʻyicha:
1-oʻrinni Toshkent shahridagi 49-maktab oʻquvchisi Milana Shestekova;
2-oʻrinni Nukus shahridagi 46-maktab oʻquvchisi Sevara Sharipova;
3-oʻrinni Samarqand shahridagi 55-maktab oʻquvchisi Muslima Aliakbarova egalladi.
Gʻoliblar vazir kubogi, maxsus diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Ma’lumot o‘rnida, musobaqaning tuman (shahar) bosqichida 2 240 ta umumtaʼlim maktabidan 50 952 nafar, hududiy bosqichida 1 664 nafar oʻquvchi-qiz ishtirok etgan.
Shu kecha va kunduzda
AKADEMIYA BITIRUVCHILARIGA DIPLOM VA “LEYTENANT” HARBIY UNVONI TANTANALI TOPSHIRILDI
Bahor fasli g‘oliblari
Toshkentda “InfoCheck Central Asia” xalqaro xakatoni boshlandi
XALQARO HAMKORLIK – TARAQQIYOT VA ILMIY YUKSALISH OMILI
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank