NAVRO‘Z – YANGILANISH VA YASHARISH AYYOMI

Ajdodlar merosi − bebaho xazina NAVRO‘Z – YANGILANISH VA YASHARISH AYYOMI
352

Insoniylik, mehr-oqibat, muruvvat, mehnatsevarlik kabi qadriyatlarni o‘zida ifoda etadigan Navro‘z bayrami eng qadimiy bayramlardan biri hisoblanadi.


Yangi O‘zbekistonda har yili milliy qadriyatlarimizning yorqin namunasi bo‘lgan “Navro‘z” umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelinadi. Albatta davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan islohotlar esa ushbu bayramga yangicha ruh bag‘ishlamoqda. 



Jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida umumxalq “Navro‘z” bayrami arafasida “Navro‘z – yangilanish va yasharish ayyomi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.



Mazkur tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor, xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashi a’zosi, “Mehnat shuhrati”ordeni, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvon sohibasi Jamila Shermuhammedova, Akademiya professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari, xizmatchilari, kursantlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Dastavval tadbir Akademiya orkestri ijrosidagi davlat madhiyasi bilan boshlandi.




Tadbirni Akademiya boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Elyor Ahmadaliyev ochib, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk”, Firdavsiyning “Shohnoma”, Umar Hayyomning “Navro‘znoma”, Abu Bakr Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarlarida keltirilgan tarixiy ma’lumotlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, Navro‘z bayramining 3 ming yildan oshiq tarixga ega ekaniga guvoh bo‘lishimizni, albatta bu o‘rinda Navro‘z bayramining paydo bo‘lishi quyoshning hamal burjiga kirishi, tun va kunning tenglashuvi, kunduzning uzaya boshlashi kabi qator tabiat qonuniyatlari bilan bog‘liq ekanliginialohida qayd etdi.




Shundan so‘ng so‘z olgan, ustoz Jamila Shermuhammedova o‘z nutqida Navro‘z an’analarini qayta tiklash va asrab-avaylash o‘zbek halqining madaniy-tarixiy merosiga bo‘lgan chuqur hurmatni anglatishini, shu bilan birga, bugungi avlodning ushbu qadimiy bayramning atrof-muhit bilan uyg‘un holda yashashga intilishni mujassam etgan g‘oyalari va qadriyatlariga sodiqligini yorqin ifoda etishini, shu bilan birga Navro‘z asrlar davomida shakllangan an’ana va qadriyatlarni saqlash va kelajak avlodga yetkazishga katta hissa qo‘shishini ta’kidlab o‘tdi.




Shuningdek, ushbu bayram keng nishonlanadigan davlatlar tomonidan Navro‘zning kelib chiqish tarixi, u bilan bog‘liq bo‘lgan an’ana va qadriyatlarning chuqur o‘rganilishi va dunyo miqyosida keng targ‘ib qilinishi insoniyatning nomoddiy madaniy merosining yanada boyishiga olib kelishini alohida e’tirof etdi.


Muxtasar qilib aytganda umumxalq bayrami birdamlik, mehr-oqibat kabi insoniy fazilatlarni kuchaytirish va insonlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tinchliksevarlik, mehr-shafqatlilik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi va yangilanish fasli turli xalqlar o‘rtasidagi madaniy sohadagi hamkorlik aloqalarini kuchaytirish va ularni o‘zaro yaqinlashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Farhodjon XOJAYEV,

FVV Akademiyasi 

katta o‘qituvchisi, mayor

Maqola muallifi

Farhodjon XOJAYEV

Farhodjon XOJAYEV

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar

Ulashish