NIYAT
Javohir SINDOROVGA bag‘ishlayman!
Yer sharining uchdan bir qismi
Turganida Bobom qo‘lida.
Ne bir shohlar qaltirab jismi
Bosh egdilar uning yo‘lida!
Shaxmatda ham Shoh edi Temur,
Ketgan omad
qaytmog‘i ham bor...
Jahon tojin boshingga Yurtim
Kiygizadi Javohir Sindar!
Olam, tinch bo‘l!
Olam, turgin tik!
To‘xtamasin zakovat jangi...
Daholikka da’vogar o‘zbek
O‘zgartirar dunyoning rangin.
Kurashadi oq-qora ochun,
O‘ng-u so‘lda uchar adovat.
Ikki rangga bo‘linib nechun
Gul bargida titraydi hayot?!
...Dilga tushdi
chaqmoqlar shahdi,
Uyg‘onmoqda ulug‘lar yodi!
Dunyo, yo‘l ber! Gʻalaba ahdi
Ot surmoqda Temur avlodi.
Olam qotdi vaqt ummonida:
“Bu O‘g‘lonni to‘xtatar qay zot?!”
Ajdodlarim uning qonida
Zafar o‘tin yoqmoqdalar shod!
Hayot – shaxmat! Yo‘li oq-qora!
Goho titrar hovuchda jonim...
Parvardigor, shu yo‘llar aro
Gʻolib o‘tsin O‘zbekistonim!
Qo‘chqor NORQOBIL
Shu kecha va kunduzda
Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlariga beriladigan 30 foizlik chegirmani olish uchun ariza berish boshlandi
DAVLAT MAKTABLARIDAGI PULLIK SINFLAR: QO‘SHIMCHA IMKONIYATMI YOKI TA’LIMDAGI TABAQALANISH? (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 343-qarori va uning ijrosi borasida mulohazalar)
ISH BERUVCHILAR QANDAY MUTAXASSIS IZLAYAPTI?
Yangi iqtisodiy model: yuqori texnologiya, mehnat unumdorligi va inson kapitali
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir