Oliy ta’lim tizimida dual ta’lim joriy etiladi

Bilasizmi? Oliy ta’lim tizimida dual ta’lim joriy etiladi
138

Vazirlar Mahkamasining 16.01.2025-yildagi “Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari togrisida”gi №14 qaroriga kora, 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimida dual ta’lim joriy etiladi.


Unga ko‘ra, 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab:


  •  oliy ta’lim tizimida bosqichma-bosqich dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, “Kasb egasi” dual ta’lim tizimini tashkil etiladi;


  •   “Kasb egasi” dual ta’lim tizimi birinchi bosqichda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 3-4-kurs talabalari uchun joriy qilinadi;


  •  talabalarning amaliy mashg‘ulotlari korxonalar bilan hamkorlikda o‘tkazilib, ushbu jarayon oliy ta’lim tashkiloti hamda amaliyot rahbari tomonidan muvofiqlashtiriladi;


  •  dual ta’lim asosida talabalarning korxonalarda faoliyat yuritgan davri uchun ish haqining 2 million so‘mgacha bo‘lgan qismi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar

Ulashish