UNESCO sun’iy intellekt davrida ta’lim kelajagini muhokama qildi

Jarayon UNESCO sun’iy intellekt davrida ta’lim kelajagini muhokama qildi
29

2025-yil 24-yanvar kuni UNESCO Birlashgan Millatlar Tashkiloti(BMT) shtab-kvartirasida Xalqaro Ta’lim kunini nishonlab, dunyo yetakchilari, o‘qituvchilar va innovatorlarni “Sun’iy intellekt va ta’lim: muammolar va imkoniyatlar” mavzusida muhokama uchun jamladi. Tadbir sun’iy intellekt(SI) ta’lim tizimlarini qanday o‘zgartirishi va mavjud tengsizliklarni qanday hal qilishi mumkinligi haqida jonli munozaralarga sabab bo‘ldi.


Ochilish sessiyasida BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasi prezidenti, janob Filemon Yang sun’iy intellektning ta’limga kirib kelishi bilan bog‘liq imkoniyatlarga e’tibor qaratdi. U sun’iy intellektning ta’limga kirib kelishi orqali ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va o‘quv jarayonlarini shaxsiylashtirish mumkinligini ta’kidladi. Bunda u Butanning internetga ulangan maktablari va Afrikadagi innovatsion markazlarni misol sifatida keltirdi. Shuningdek u quyidagilarni ta’kidladi:


Sun’iy intellekt inson aql-zakovati va muloqotni to‘ldirishi lozim, lekin ularning o‘rnini bosmasligi kerak. Shaffof va axloqiy tizimlar ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga ustuvor ahamiyat berishi va ta’limning inklyuziv ruhini saqlab qolishi zarur.


Sun’iy intellekt va ta’lim: imkoniyatlar va xavf-xatarlar


UNESCOning BMTdagi Aloqa idorasi direktori Eliot Minchenberg sun’iy intellektning ta’limga ta’siri tobora ortib borayotgani, ayniqsa rivojlangan iqtisodiyotlarda bu jarayon tezlashayotganini ta’kidladi. U UNESCO tomonidan 2021-yilda qabul qilingan “Sun’iy intellekt axloqi bo‘yicha tavsiyalar”ni eslatib, bu boradagi ilk global standart ekanini aytdi. Shuningdek, ta’limda generativ sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha yangi ko‘rsatmalar ishlab chiqilganini ma’lum qildi.


Minchenberg sun’iy intellektning xavf-xatarlari, xususan, yolg‘on axborot tarqalishi ehtimolini tilga oldi. U “Sun’iy intellekt va Xolokost: Tarixni qayta yozish?” nomli tadqiqotni misol qilib keltirib, bunday tahdidlarga qarshi turish uchun media savodxonligi dasturlarining ahamiyatini ta’kidladi.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim

Ulashish