O‘quv dasturlariga iqlim o‘zgarishiga oid mavzular integratsiya qilinadi
Bugungi ekologik vaziyatimiz o‘zimizga ma’lum. Buning sabablari o‘rganilib, ahvolni yaxshilash uchun islohotlar olib borilayotir. Avvalo, o‘sib kelayotgan o‘quvchi-yoshlarimizga ekologik madaniyat, bugungi e’tiborsizlikning oqibatlari qanday bo‘lishini tushuntirib borishimiz zarur.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, “Ta’lim hamma narsadan ustun” jamg‘armasi (EAA) hamda “Zamin” xalqaro jamoat fondi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda iqlim ta’limi orqali yoshlarning yetakchilik qobiliyatlarini kuchaytirish va rivojlantirish” nomli qo‘shma loyiha doirasida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
O‘quv-amaliy seminari poytaxtdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida mahalliy va xalqaro ekspertlar, amaliyotchi o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
– Yuqori sinflar uchun aniq va tabiiy fanlar (biologiya, geografiya, kimyo va fizika) bo‘yicha o‘quv dasturlariga iqlim o‘zgarishi ta’limi komponentlarini tizimli va fanlararo yondashuv asosida kiritish imkoniyatlarini muhokama qilish hamda xalqaro tajribani (Finlandiya, Germaniya, Koreya Respublikasi, Yaponiya va Shvetsiya) o‘rganish asosida O‘zbekiston sharoitiga mos metodik yechimlar va o‘quv materiallari konsepsiyasini shakllantirish – bugungi tadbirning ko‘zlagan asosiy maqsadlaridan biridir, – deydi Respublika Ta’lim markazi metodisti, tadqiqot guruhi rahbari Bahodir Haydarov.
Shuningdek, mavzular bo‘yicha alohida o‘tkazilgan treninglarda yoshlarda ekologik ong, mas’uliyat va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi barqaror iqlim ta’limi modelini yaratish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Shu kecha va kunduzda
O‘quv dasturlariga iqlim o‘zgarishiga oid mavzular integratsiya qilinadi
Hunarli kishi elda xor boʻlmas
SHAXMATCHILARGA E’TIBOR FAQAT QOG‘OZDAMI?
“Bayrog‘imiz – faxrimiz!”
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank