O‘zbekistonlik o‘quvchilar Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tgan xalqaro matematika olimpiadasida g‘olib bo‘ldi

Xushxabar O‘zbekistonlik o‘quvchilar Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tgan xalqaro matematika olimpiadasida g‘olib bo‘ldi
164

Malayziya poytaxtida bo‘lib o‘tgan Janubi-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasida (CEAMO 2025) oʻzbekistonlik oʻquvchilar 1 ta oltin, 3 ta kumush va 13 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.


Bu yilgi olimpiadada 23 ta davlatdan 1800 nafar o‘quvchi sinflar kesimida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Milliy saralash bosqichida O‘zbekistondan 1000 nafardan ortiq o‘quvchi qatnashdi, ular orasidan 60 nafari xalqaro bosqichga yo‘llanma oldi.


Olimpiada g‘oliblariga xalqaro darajadagi diplomlar topshirildi. Bu ularga kelgusida nufuzli oliy o‘quv yurtlarida o‘qishga kirish, stipendiya va ta'lim imtiyozlarini olish huquqini beradi.


Janubi-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasiga (CEAMO) Singapurning Terri Chyu akademiyasi tomonidan asos solingan. Mazkur olimpiada orqali o‘quvchilarning matematika fanidan bilimi va savodxonligi sinovdan o‘tkaziladi.


Ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada Avstraliya, AQSH, Singapur, Indoneziya, Yaponiya, Xitoy, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning 7 dan 18 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #O‘quvchi

Ulashish