TexVET karyera loyihasi: yutuqlar va kelajak rejalari

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining GIZ bilan hamkorlikdagi TexVET karyera loyihasining natijalari taqdim etildi.
2023-yil noyabr oyida boshlangan TexVET loyihasi zamonaviy kasb tanlashga yo‘naltirish yondashuvlarini ishlab chiqdi, amaliy qo‘llanmalar va raqamli vositalarni yaratdi, o‘qituvchilar va psixologlar malakasini oshirdi, shuningdek, ishlab chiqilgan qo‘llanmalarni Toshkent shahri, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab maktablar va texnikumlarda tajriba-sinovdan o‘tkazdi. Besh hududdagi dasturlar soha tanlovlari, sohalar bo‘yicha seminarlar, ish beruvchilar bilan uchrashuvlar, ishga tayyorlov amaliyotlari va targ‘ibot kompaniyalarini o‘z ichiga oladi. Ularda jami 496 nafar maktab o‘quvchisi, 288 nafar texnikum talabalari, 263 nafar o‘qituvchilar hamda 366 nafar jamoatchilik va biznes vakillari qamrab olindi.
Loyiha doirasida yaratilgan resurslar interaktiv onlayn kurslar, dars mashg‘ulotlari va ish beruvchilar tomonidan olib boriladigan mentorlik dasturlarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, loyiha Samarqand politexnikumida Kasbga yo‘naltirish markazini tashkil etishda texnik yordam ko‘rsatmoqda. Ushbu markaz hududda yoshlarga xizmat qiladi va uning tajribasi keyinchalik boshqa viloyatlarda namuna markaz sifatida tatbiq etilishi mumkin.
“Safia”, “BYD Megawatt”, Alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi, “Coca-cola Uzbekistan”, “Samarkand Apparel”, “Teamdress”, “Global Textile” MCHJ va “Dentafill” farmatsevtika kompaniyasi kabi muvaffaqiyatli kompaniyalar o‘quv muassasalari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolab, kasb tanlashda yo‘naltirish ishlarini qo‘llab-quvvatladilar. Umuman olganda, loyiha doirasida maktablar va 25 ta xususiy kompaniya o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishga muvaffaq bo‘lindi.
“TexVET karyera loyihasi hukumatning ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan”, – deydi GIZning “O‘zbekiston kasbiy ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi rahbari Matias Klingenberg.
Tadbirda GIZ vakillari, tegishli vazirliklar va asosiy hamkorlar erishilgan yutuqlarni nishonlab, milliy egalik va doimiy institutsional rivojlanish orqali ularni saqlab qolishga sodiqliklarini yana bir bor tasdiqladilar.
Shu kecha va kunduzda
Hech qachon kech emas
It bilan suhbatlashgan odam
O‘ZBEKISTONDA O‘QITUVCHILAR MAOSHI: RAQAMLAR, MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR
TexVET karyera loyihasi: yutuqlar va kelajak rejalari
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank