Toshkent shahar hisobot-saylov konferensiyasi

Jarayon Toshkent shahar hisobot-saylov konferensiyasi
33



Kasaba uyushmalari xodimlarining ish sharoitlarini yaxshilash, o‘zi va farzandlarining munosib dam olishi va hordiq chiqarishi uchun ko‘maklashish, yubiley sanalari yoki og‘ir kunida dalda bo‘lish maqsadida moddiy yordam berish kabi ishlarni amalga oshiradi. Shu bois, har bir ishchi xodimning hayotida kasaba uyushmasi muhim ahamiyatga ega bo‘lishi lozim.



Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi Kengashining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda apparat xodimlari, OTMlar rektor, professor-o‘qituvchilari, kasaba uyushma qo‘mita va tuman kengashi raislari, boshqarma boshliqlari va boshqalar qatnashdi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh Kengashining 2024-yil 21-dekabrdagi qarori qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbekiston kasaba uyushmalari tizimidagi kasaba uyushmalari organlarida hisobot-saylovlari o‘tkazib kelinmoqda. 



O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi Ijroiya qo‘mitasining 2025-yil 9-yanvardagi qarori asosida boshlang‘ich tashkilotlarda yanvar-aprel oylarida hisobot-saylov umumiy yig‘ilishlari, aprel-may oylarida Oliy ta’lim muassasalarida hamda may-iyun oylarida tuman kengashlari konferensiyalari yuqori saviyada o‘tkazilib, tegishli organlar saylab olindi. Jumladan, tarmoq tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlar hamda tuman bo‘linmalaridan Toshkent shahar bo‘linma konferensiyasiga 85 nafar delegatlar saylab olindi.



Hisobot-saylov konferensiyasini O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi kengashi raisi Abduxalil Rahmonov ochib berilib, kun tartibiga qo‘yilgan masalalar delegatlar tomonidan tasdiqlandi.


Dastlab, kun tartibidagi birinchi masala: O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi kengashining 2021-yil sentabr oyidan 2025-yil iyun oyigacha bo‘lgan davrdagi faoliyati yuzasidan  ma’ruzachi A.Rahmonovning hisoboti tinglandi.


Yig‘ilish davomida kun tartibidagi masalalarga bosqichma-bosqich to‘xtalib, saylanadigan organlarga ko‘rsatilgan nomzodlar delegatlar tomonidan saylanib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Konferensiyada so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashining o‘tgan davrdagi faoliyatini e’tirof etib, yangi saylangan organlarning kelgusidagi faoliyatiga omadlar tiladi.


Barcha yig‘ilish qatnashchilariga Toshkent shahar bo‘linmasi kengashi tomonidan tarqatma materiallar berildi. Konferensiya o‘z ishini yakunladi. 


– Kasaba uyushmasi xodimining yaxshi-yomon kunida yonida turadigan, qo‘llab-quvvatlaydigan safarbar bo‘ladigan tashkilot sifatida o‘z ishini olib boradi. Bu borada ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi o‘rtasida tuziladigan jamoa shartnomasi asosiy dasturilamal bo‘lishi kerak. Xususan, universitetimizda uzoq yillar samarali mehnat qilib, keksalik gashtini surayotgan ulug‘ ustozlarimiz bilan uchrashuvlar, ichki turizmni rivojlantirish, talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilarimizni yurtimizning diqqatga sazovor joylari, muqaddas qadamjolarga sayohat qildirib kelish ham ularga yangicha xushkayfiyat, faxr tuyg‘ularini bag‘ishlaydi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Zomin kabi go‘zal go‘shalar talaba yoshlarning vatanga bo‘lgan muhabbatini ham mustahkamlaydi, – deydi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mita raisi Xayrulla Zikrullayev.


Tadbir so‘nggida yangidan saylangan Abduxalil Rahmonov so‘z olib, ortda qolgan 5 yillik faoliyatini sarhisob qilgani, yana 5 yil muddat unga qo‘shimcha mas’uliyat yuklashini ta’kidladi. 


– Menga bildirilgan ishonch, kelgusida yanada ko‘proq ishlashga, jamoadagi xodimlar bilan yanada birdamlikda, hamjihatlikda harakat qilishga undaydi – dedi u nutqini yakunlarkan.


Shuningdek, kasaba uyumasi a’zolarini ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy himoyalash, munosib mehnat sharoitlari yaratish va ish haqlarining o‘z vaqtida to‘lab borilishini nazorat qilish borasida kasaba uyushmasining o‘rni alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o‘tildi. 

Nazokat XOLMETOVA,

“Ma’rifat” muxbiri

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish