Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning “Tafakkur gavhari” nomli kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi
Yangi kitob
140
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida turkman xalqining Milliy lideri, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning “Tafakkur gavhari” nomli kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakillari, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari, vazirlik va idoralar,mamlakatimizdagi milliy madaniy markazlar, ilm-fan, ta’lim va madaniyat, ijod sohalarining taniqli namoyandalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov, Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Adham Bekmurodov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, senator Sirojiddin Sayyid, akademik Shuhrat Sirojiddinov, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ahmadjon Meliboyev, O‘zbekiston kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vise-prezidenti, professor Bahrom Abduhalimov, filologiya fanlari doktori Bahodir Karimov, rejissyor Muzaffarxon Erkinov, Turkman milliy madaniy markazi rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Guldana Avezdurdiyeva va boshqalar soʻzga chiqib, keyingi yillarda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida o‘zaro ishonch va yaqin qo‘shnichilikka asoslangan keng ko‘lamli hamkorlik aloqalari butunlay yangi bosqichga ko‘tarilayotganini alohida ta’kidladilar.