Yangi MTTlarga, avvalo, oliy maʼlumotli tarbiyachilar ishga olinadi

Qaror va ijro Yangi MTTlarga, avvalo, oliy maʼlumotli tarbiyachilar ishga olinadi
49

Maktabgacha ta'lim va tarbiya tizimi yanada takomillashtiriladi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. 


Asosiy yo‘nalishlar:

• Bir yillik maktabga tayyorlov guruhlari majburiy umumiy oʻrta taʼlimning boshlangʻich bosqichi sifatida joriy etiladi.
• Maktabgacha taʼlimda oʻyinga asoslangan taʼlim tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
• Tarkibida Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazi bo‘lgan “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻi tashkil etiladi.
• Maktabga tayyorlov dasturlari MTT, umumtaʼlim maktablari va boshqa ijtimoiy obyektlarda toʻliq yoki qisqa muddatda amalga oshiriladi.
• Nodavlat taʼlim tashkilotlariga ham bir yillik tayyorlov guruhlarini ochishga ruxsat beriladi.
2027–2028-oʻquv yilidan:
• Taʼlim jarayonlari oliy maʼlumotli pedagoglar va bitiruvchi bosqich talabalari tomonidan olib boriladi.
• Bolalarga bir yillik maktabga tayyorlovdan oʻtganlik haqida davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi va bu maʼlumot shahodatnomaga kiritiladi.
2026–2028-yillarda:
• Qoraqalpogʻiston, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida bittadan “Yangi avlod” davlat MTT tashkil etiladi.


2026–2027-oʻquv yilidan:

• O‘rta maxsus maʼlumotli pedagoglar uchun dual taʼlim asosida bakalavriat yoʻlga qoʻyiladi.

• Yangi MTTlarga, avvalo, oliy maʼlumotli tarbiyachilar ishga olinadi.


2026-yil 1-apreldan:

• Maktabgacha taʼlim qamrovi 80 foizdan past hududlarda tadbirkorlar uchun imtiyozlar joriy etiladi.


👉 Farmonning toʻliq matni 



Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Yoshlar
  • #Bog‘cha
  • #Дети

Ulashish