XALQI MA’NAVIYATLI VATAN – KUCHLI

Toshkent iqtisodiyot universitetida “Vatanimiz ravnaqi yo‘lida xalqimizga kamarbastamiz” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitetning professor-o‘qituvchilari, magistr va talabalari ishtirok etdi.
Kun tartibiga qo‘yilgan masala, ya’ni, ma’naviy-ma’rifiy sohani yanada rivojlantirish, ko‘proq izlanish va ilm egallash orqali mamlakatimiz rivojiga hissa qo‘shish, natijada butun jamiyatimizda sog‘lom muhitni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi uchun ko‘proq kitob va gazeta-jurnallar o‘qib borish, tinch-osuda hayotimizni asrash vazifasi bugungi kunda qanday ulkan ahamiyat kasb etayotgani haqida fikr-mulohazalar o‘rin oldi.
Haqiqatan, nega deganda, aynan shu masalalar bizning bugungi va ertangi kunimizni, farzandlarimiz, nabiralarimiz taqdiri va kelajagini, bir so‘z bilan aytganda, hayot-mamotimizni hal qilishi hech kimga sir emas. Chunki har bir ongli insonni chuqur o‘ylantirib, tashvish va xavotirga soladigan bugungi kundagi yoshlarni o‘qimaslik illatidan voz kechishi, ya’ni, gazetalar va jurnallar o‘qib borishi kelajakda katta fojeaalarni oldini olishga xizmat qilishi yoshlar fikr-mulohazalarida ufirib turdi. Muhimi, bugungi kunda ona yurtimiz, O‘zbekistonimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida qilinayotgan ishlar talabalar diqqat e’tiborida ekani to‘planganlarni quvontirdi.
Ma’murjon QIYOMOV.
Burxon RIZOQULOV olgan suratlar.
Shu kecha va kunduzda
XALQI MA’NAVIYATLI VATAN – KUCHLI
XOTIRA – MUQADDAS!
TAVSIYANOMALAR TANTANALI TOPSHIRILDI
Ilmiy hamkorlik va madaniy aloqalarni rivojlantirish yo‘lida
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank