Xususiy maktab va bog’chalarga ham bir yillik maktabga tayyorlov guruhlari ochishga ruxsat beriladi
Xususiy maktab va bogʻchalarga ham bir yillik maktabga tayyorlov guruhlari ochishga ruxsat beriladi
Shavkat Mirziyoyev kecha, 4-fevral kuni bu boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Unga koʻra, quyidagilar rejalashtirilmoqda:
➖ Maktabgacha taʼlim tizimida oʻyinga asoslangan taʼlim modeli joriy etilib, bolaning tabiiy qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olgan holda taʼlim-tarbiya jarayoni tashkil qilinadi;
➖ 2026-2028-yillarda har bir hududda 120 oʻrinli “Yangi avlod” davlat bogʻchalari hamda ularning tarkibida Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazlari tashkil etiladi. Mazkur bogʻchalarda qoʻshimcha rahbar hamda tarbiyachi-yoʻriqchi shtatlari joriy qilinib, rahbar va pedagog xodimlarga 20 foiz miqdorida har oylik ustama toʻlanadi;
➖ Amalda ishlab kelayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar uchun dual taʼlim (“5+1”) asosida bakalavrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi;
➖ 2027/2028-oʻquv yilidan boshlab maktabga tayyorlov guruhlarida oʻqigan bolalarga davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi, mazkur maʼlumotlar umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomada qayd etiladi;
➖ Maktabgacha ta’limda qamrov darajasi 80 foizdan past boʻlgan tuman va shaharlarda (Toshkent shahri bundan mustasno) tadbirkorlar uchun quyidagi imtiyozlar beriladi:
🔹 maktab va bogʻchalar hududidagi boʻsh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bogʻchalar tashkil etilganda, ijara toʻlovlari 30 yilgacha undirilmaydi;
🔹 har bir tarbiyalanuvchi uchun davlat bogʻchalarida bir bolaga toʻgʻri keladigan xarajatning 50 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi;
🔹 ushbu tartib 2024-yildan tashkil etilgan nodavlat bogʻchalarga ham tatbiq etiladi;
🔹 qamrov darajasi past hududlarda bogʻcha va maktabdan tashqari joylarda quvvati kamida 150 oʻrinli nodavlat bogʻchalar tashkil etilsa, 7 yilgacha muddatga 5 milliard soʻmgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi;
🔹 tarbiyachilarga oylik ish haqi toʻlash xarajatlari davlat bogʻchalarida belgilangan meʼyorlar asosida uch yil davomida qoplab beriladi. Har 30 nafar bolaga bir nafar tarbiyachi shtati hisoblanadi.
🔹 mazkur imtiyozlar yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatida tashkil etiladigan xususiy bogʻchalarga ham tatbiq etiladi;
🔹 bundan tashqari, 2030-yil 1-yanvarga qadar quvvati 150 oʻrindan kam boʻlmagan nodavlat bogʻchalar tashkil etgan tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi boʻyicha yengilliklar beriladi.
Shu kecha va kunduzda
Millatlararo totuvlik yo‘lida muhim qadam
6 yoshli bolalar uchun maktabga tayyorlov
NIYAT
YO‘L haqida
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank