Bog‘chada bola kaltaklanishi oqibatida oyog‘i sindi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Bog‘chada bola kaltaklanishi oqibatida oyog‘i sindi” sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan.
Mazkur holatga Bolalar ombudsmani tomonidan munosabat bildirildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 22-yanvar kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan maktabgacha ta’lim muasasasining tarbiyachi yordamchisi Y.M (1997-yilda tug‘ilgan, ayol) go‘yoki xarxasha qilayotgan bolani tinchlantirish maqsadida S.A ni (2023-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) boshiga urib, so‘ng qo‘pol harakatda uni ko‘tarib boshqa xonaga olib chiqayotganda qoqilib yiqilgan, natijada bolaning chap oyog‘i singan.
Bolaning ota-onasiga bog‘cha ma’muriyati tomonidan o‘g‘li o‘zi yiqilib oyog‘i singanligi va Sergeli tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelinganligi to‘g‘risida xabar berilgan. Bolaga “chap oyoq son suyugi singanligi” tashxisi qo‘yilgan.
Shundan so‘ng ota-ona bog‘cha ma’muriyatidan kuzatuv kameralar yozuvlarini ko‘rsatishni talab qilgan.
Hozirda Sergeli tumani IIB FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Shu kecha va kunduzda
Test sinovi natijalari e'lon qilindi
Luvrda “Mona Liza” uchun alohida zal ajratiladi
Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tayotgan “ San’at chegara oshib” nomli ko‘rgazmada O‘zbekiston uchun ham rasmlar burchagi tashkil etildi
E’LON!
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank