Yuqoridan turib oddiy o‘rta maktab o‘qituvchilarining bilimini muhokama qilish to‘g‘ri emas. Ixtisoslashgan maktablardagi iqtidorli bolalarga o‘sha maktabiga ketguniga qadar kim harf tanitdi, savodini kim chiqardi? Oddiy o‘rta maktabdagi ustoz, albatta. Qish yaqinligiga qaramay maktabimizda isitish tizimi hali ishlagani yo‘q. Qanday qilib sovuq xonada dars o‘tib bolaga nimadir o‘rgatish mumkin? Axir, o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham kasal bo‘lsa. Maktabda infratuzilma unchalik muhimmas deydiganlar esa adashadi. Infratuzilma muhim hamda birinchi darajada. Chunki 1062 nafar o‘quvchi ikki smenada o‘qiyotgan maktabda birorta lingafon xonasining yo‘qligi, birorta laboratoriya xonasining yetarlicha jihozlanmagani bolaning qiziqishi va intilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi deb o‘ylaysizmi? Sport zalining qorong‘u va sovuq ekanligi-chi? Meni kechirasiz-u, uyida smartfon, planshet, kompyuter ko‘rib katta bo‘layotgan bugungi kun bolasiga quruq ma’ruza bilan doskada o‘tilgan dars umuman qiziq emas. Shunday ekan, hamma sharoit qilib berilgan va faqat iqtidorli bolalar o‘qiyotgan prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar bilan hamma bolani bir xilda o‘qitishga majbur bo‘ladigan oddiy maktab natijasi hech qachon teng bo‘lmaydi. (2023-yil, 29-noyabr).
Shu kecha va kunduzda
SUN’IY INTELLEKT: TILSHUNOSLAR ENDI NIMA QILADI?
GENERAL VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Robot fikrlay oladimi? Yoxud fizikadan 2024-yilgi Nobel mukofoti neyroto‘r kashfiyotchilariga berilgani haqida
XO‘JALIK MUDIRI EKANIMDAN FAXRLANAMAN! yoxud shu maoshga roziman!
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank