Zafar ATAXONOV
Barcha uzoq kutgan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullandi. Afsuski (fikrimcha) unda deyarli arzigulik imtiyoz yo‘q. Masalan, vazifasidan boshqa ishga jalb qilmaslik haqida. Bu narsa qonunlarimizda avvaldan bor. Shaxsan meni shu paytgacha biron marta majburiy mehnatga jalb qilishmadi. Mendan boshqa o‘qituvchilarning ham shikoyatini eshitmadim. Yana biri bepul tibbiy koʻrik. U ham tekin edi. Biri esa 56 kun − dam olish kuni. Avval 48 kun boʻlganda ham bironta oʻqituvchining “Ta’til yanada koʻp boʻlishi kerak edi”, degan gapini eshitmadim.
Asosiy imtiyoz esa 5 yil oldin nafaqaga chiqish haqidagi band olib tashlangan. Oylik maoshi bo‘yicha ham Adliya vazirligi taklif qilgan band yo‘q.
Bu xabarni olamga jar solib aytishmoqda. Shunga yarasha imtiyoz bo‘lsa, mayli edi. Go‘sht bilan suyakning farqi bor. Hozir suyakni berib, mana bu go‘sht deb ishontirishga harakat qilishmoqchiday go‘yo.... (2023-yil, 4-oktabr).
Shu kecha va kunduzda
FVV AKADEMIYASIDA “YURT QAYG‘USIDA 365 KUN” KITOBINING TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI
“Gimnastikaga ilk qadam” Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
Ilk bor ustozlar ishtirokida voleybol bo‘yicha respublika musobaqasi tashkil etildi
Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchi!
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank