Adolat, sadoqat va siyosat saboqlari

Bilasizmi? Adolat, sadoqat va siyosat saboqlari
168

 Saljuqiylar davlati − Oʻrta Osiyo tarixida muhim ahamiyatga ega boʻlgan bir davlatlardan. U XI-XII asrlarda Markaziy va Gʻarbiy Osiyo hukmronligini qoʻlga kiritgan edi. Bu davlatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotiga doir koʻplab maʼlumotlar tarixiy manbalarda saqlanib qolgan.


Shunday manbalardan biri Nizom ul-Mulk tomonidan yozilgan “Siyosatnoma” asaridir. Bu asar Saljuqiylar davlatining siyosiy va madaniy hayotini yoritishda katta ahamiyatga ega. “Siyosatmnoma” yuridik, etnik, siyosiy va falsafiy masalalarni qamrab oluvchi eng keng miqyosli dasturli asarlardan hisoblanadi. Asar 50 fasldan iborat boʻlib, ularda diniy, siyosiy va iqtisodiy masalalar yoritilgan.


Jumladan, 7-fasl − “Olim-u qozi, rais hollari va siyosat shartlari haqida” bobida podshoh qanday sifatlarga ega boʻlishi, shaharda kim hokim, kim qozi ekanini bilishi, ular din ishlariga qanday munosabatda boʻlayotganlarini tekshirishi, Olloh  taolodan qoʻrqish lozimligi haqida soʻz yuritiladi va ushbu fikrlar har xil rivoyatlar asosida yoritib beriladi. Bobda keltirilishicha, “Abdulloh ibn Tohir degan bir odil amir oʻtgan ekan. Uning qabri Nishopurda boʻlib, biz uni ko‘rib, ziyorat qilganmiz. Odamlar ham kelib ziyorat qiladilar. Va hojatmandlarga Xudoyi azza va jalla yordam qilar va amir, porsalaru zohidlarga, dunyo moliga hojatlari boʻlmagan gʻarazsiz kishilarga amallar berar ekan. Shunda ular haq yoʻli bilan boylik topib, raiyat ham ranju azoblarga giriftor boʻlmas ekan”.


Bundan tashqari, bobda yaxshi va yomon hikoyatlar ham keltiradi. Adolatli shoh haqidagi hikoyatda shoh bir donishmanddan “Nima qilsam adolatli, xalqimga yoqadigan shoh boʻlaman?” deya soʻraganda, donishmand shunday javob beradi: “Oltinni dushman bil, shunda odamlar seni doʻst bilishadi”. Bundan shuni xulosa qilamizki, boylik insonga doʻst boʻlmaydi. Bob soʻngida esa muallif oldingi xalifalar, shohlar va hokimlar qoʻl ostidagilarga qanday jazo berib, buzgʻunchilardan qanday ehtiyot boʻlganlari hamda musulmon dinida qanday kuchli tarzda turganlarini hikoyatlar asosida yoritib oʻtadi.


“Siyosatnoma”ning asarining, jumladan, 7-faslning asosiy gʻoyasi shundan iboratki, vazir Nizom ul-mulk shoh va hokimlar adl-u insofga, sulh va muruvvatga, davlatni oqilona boshqarib, qatʼiy qoida va tartib oʻrnatishga, amaldorlarni vijdonli, pok va halol boʻlishga, mamlakat tinchligi va totuvligini taʼminlash uchun harakat qilishga daʼvat qiladi. Jamiyat aʼzolarini sadoqat, adolat yoʻlida qoyim turmoqqa chorlaydi. 

Kamronbek ISKANDAROV,

TDYU 1-kurs talabasi

Maqola muallifi

Amaliyotchilar

Amaliyotchilar

Talaba

Teglar

  • #Ta'lim

Ulashish