Barcha oliy o‘quv yurtlarida adabiyot o‘qitilishi kerak!

Taklif Barcha oliy o‘quv yurtlarida adabiyot o‘qitilishi kerak!
30



Talabalar shaharchasidan Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga kelayotib, yo‘l chetida mashina to‘xtatib turgan talabani hamroh qildim. Radioda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish haqida suhbat bo‘layotgan edi. Beixtiyor yonimda kelayotgan yo‘lovchi yigitga savol berdim:


– Qayerda o‘qiysan? 

– Pedagogika universiteti akademik litseyida. 

– Qani, ayt-chi, shu yoshgacha qaysi kitoblarni o‘qigansan? 

– “Gulliverning sayohatlari”ni. 

– U asarni kim yozgan? 

– O‘tkir Hoshimov. 


Yigitchaning javobini eshitgach, uni boshqa xijolat qilmadim. Vaholanki, “Gulliverning sayohatlari”ni ingliz yozuvchisi Jonatan Svift yozgan. U bilan suhbatimiz 2017-yili bo‘lgandi… 


Respublikamizdagi barcha davlat va nodavlat oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejasida tanlov fanlar uchun dars soatlari ajratilgan. Xoh filologik, xoh nofilologik oliy o‘quv yurti bo‘lsin, barcha kurslar kesimida, hatto magistratura, doktorantura bosqichlarida ham majburiy tarzda o‘zbek va jahon adabiyotini o‘qitish nihoyatda zarur. 


Boisi, pedagogik faoliyatim davomida shunday talabalarga duch kelyapmanki, ular na o‘qishni, na yozishni biladi. Ayrim talabalarda og‘zaki yoki yozma nutq, mustaqil fikr umuman yo‘q. Oliy o‘quv yurtiga kelguncha biror-bir  asar o‘qimagan. Ular hissiz kesakka o‘xshaydi. Xo‘sh, bunday talabalar oliy o‘quv yurtini tamomlagach, qayerda ishlaydi, kelajakda ularni nimalar kutmoqda yoki ulardan qanday natija kutish mumkin?! 


Azim DAVRON, 

filologiya fanlari bo‘yicha

falsafa doktori(PhD)

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish