Ishlash uchun to‘siqlar bormi?

Kasbga yo‘naltirish Ishlash uchun to‘siqlar bormi?
181

Ma'lum bo‘lishicha, so‘rovnomada qatnashgan nogironligi bo‘lgan yoshlarning 40 foizi mehnat faoliyatini norasmiy ravishda amalga oshirmoqda. Bundan tashqari, bu borada sezilarli gender tafovutlari ham mavjud, xususan, ayollarning 88,1 foizi norasmiy ishlaydi. Erkaklarda esa bu ko‘rsatkich 45,8 foizga teng. 

 

🔎 “Ishga kirishda qanday to‘siqlarga duch keldingiz?” degan savolga respondentlarning 12 foizi aynan nogironligi sababli tosiqlarga duch kelganligini bildirgan.




🔎 Respondentlarning 79,2 foizi hamkasblari bilan yaxshi munosabatda ekanligini ta'kidlagan. Bu ish joyida nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan kamsitish holatlari ko‘p bo‘lishi haqidagi faraz tasdiqlanmaganini bildiradi. 




🔎 Ishlaydigan respondentlarning 15,6 foizi Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi tomonidan mehnatga layoqatsiz deb belgilangan bo‘lganiga qaramay, mehnat bozorida faol. 


❗️ Hozirda TIEKlar tomonidan mehnatga layoqatni belgilash tartibi bekor qilingan.

Maqola muallifi

Zilola MADATOVA

Zilola MADATOVA

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Ijtimoiy hayot

Ulashish