BOLALAR KONTENTI UCHUN MUHIM QADAM
Prezident tashabbusi bilan bolalar kontenti sohasini rivojlantirishga qaratilgan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda ijodkorlar, olimlar, rejissorlar, aktyorlar, mas’ul tashkilotlar vakillari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi.
Mazkur uchrashuvda bolalar tarbiyasida muhim o‘rin tutuvchi kitoblar, multfilmlar, filmlar va raqamli kontent sifati alohida muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, yosh avlod qanday kontentni iste’mol qilsa, ularning dunyoqarashi ham shunga mos shakllanadi.
Mutaxassislar fikricha, agar bolalar uchun milliy va sifatli media mahsulotlar yetarli darajada yaratilmasa, bu bo‘shliqni chet el kontentlari egallab, milliy qadriyatlarga zid ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Muloqot davomida:
- bolalar kontenti sohasidagi dolzarb muammolar ochiq muhokama qilindi;
- yangi g‘oya va loyihalar ilgari surildi;
- ijodkorlar va mutaxassislar o‘rtasida erkin fikr almashildi.
Shuningdek, tadbirda ishtirok eta olmaganlar uchun ham onlayn tarzda taklif bildirish imkoniyati yaratildi.
Mutasaddilar ushbu tashabbus bolalar uchun sifatli va milliy ruhdagi kontent yaratishda muhim bosqich bo‘lishini ta’kidlashdi.
Shu kecha va kunduzda
Uyga vazifalar foydalimi yoki zararli?
JASUR ISMIGA MUNOSIB RAHBAR
O‘zbek tili tarixi va bugungi zamonaviy qiyofasi
ISLOHOTLAR FALSAFASI (Professor Nazar Hakimovning ta’limiy falsafasi haqida)
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir
JASUR ISMIGA MUNOSIB RAHBAR
Uyga vazifalar foydalimi yoki zararli?
Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlariga beriladigan 30 foizlik chegirmani olish uchun ariza berish boshlandi