Bolani noqonuniy diniy taʼlim olishga jalb qilganlar javobgarlikka tortiladi

Daxldorlik Bolani noqonuniy diniy taʼlim olishga jalb qilganlar javobgarlikka tortiladi
68

Farzandini noqonuniy diniy taʼlim olishga jalb etganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanadi.


Qabul qilingan qonun bilan “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida” gi qonunga qoʻshimchalar kiritildi.


Ularda ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻz bolasini shaxsiy eʼtiqodlariga muvofiq diniy va axloqiy jihatdan tarbiyalash huquqiga egaligi, ular tomonidan oʻz bolasini qonunga xilof ravishda diniy taʼlim olishga jalb etishga, yaʼni bolani roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki litsenziyaga ega boʻlmagan tashkilotlarga yoxud maxsus diniy maʼlumotga ega boʻlmagan va diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston boʻyicha markaziy boshqaruv organining ruxsatisiz diniy taʼlimni amalga oshirayotgan shaxslarga diniy taʼlim olish uchun topshirishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilab qoʻyildi.


 Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchaga binoan, agar ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan oʻz bolasini qonunga xilof ravishda diniy taʼlim olishga jalb etilsa, ularga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.


 Shuningdek, mazkur huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, huquqbuzarlar BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoq bilan jazolanadi.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Qonun

Ulashish

Mavzuga doir