Endilikda energiya sarfi maktab yoshidan boshlab o‘rgatiladi
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilariga energiya sarfi savodxonligi asoslari o‘rgatiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Prezident taqdimot bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Xususan, yirik sanoat korxonalarida bir mahsulot birligi ishlab chiqarishga ketadigan energiya me’yorini belgilash ko‘zda tutilmoqda. Maktablar, bolalar bog‘chalari va boshqa ijtimoiy obyektlarga quyosh batareyalari va suv geliokollektorlarni o‘rnatish, eshik va derazalarni yangilash rejalashtirilmoqda.
MMTV rahbari Hilola Umarova har bir maktab va bog‘cha elektr energiyani tejashi zarurligini ta’kidladi.
“Bu har bir maktab direktori, o‘qituvchi va o‘quvchilar, aholi uchun juda muhim. Vazirlik Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan hamkorlikda o‘quvchilar orasida energiya sarfi savodxonligi bo‘yicha aniq dasturlar tayyorlagan. Bunda har bir o‘quvchi yosh davrlaridanoq energiya resusrlarimiz va ularni tejash qanchalik muhimligini o‘rgatish vazifalari yuklatilgan” — dedi u.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bukletlarda elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvini tejashning oddiy misollari keltirilgan.
Uning ma’lum qilishicha, 2025-yil uchun ushbu yo‘nalish bo‘yicha mas’ullar belgilab olingan. “Maktablardagi “Tarbiya”, “Geografiya”, “Fizika” fanlarida ham tabiiy resurslarimizni qanchalik tejashimiz muhimligi mujassam ettirilgan”, — dedi Umarova.
Shu kecha va kunduzda
UYCHI TUMANIDA MAKTAB KUTUBXONACHILARI UCHUN O‘QUV-AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
Inson uchun
Sun'iy intellekt jurnalistika uchun imkoniyatmi yoki xavf?
Muddatidan oldin talabalik
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank