UYCHI TUMANIDA MAKTAB KUTUBXONACHILARI UCHUN O‘QUV-AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
#bolalar_kutubxonasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi 9-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati Uychi tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabida “Sun’iy intellekt — kutubxona xizmatlarini takomillashtirish vositasi” mavzusida kutubxonachilar uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda Muhammadsharif So‘fizoda nomidagi Namangan viloyati bolalar kutubxonasi direktori Zulxumor Turaxodjayeva, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutaxassislari hamda tuman maktab kutubxonachilari ishtirok etdilar.
Tadbirda kutubxonalarni rivojlantirish, zamonaviy jihozlar va elektron resurslar bilan ta’minlash, fondlarni boyitish hamda kutubxonachilar malakasini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Maktab kutubxonalarida kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida “Jadidlar izidan” kitobxonlik klubi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, klub a’zolari tomonidan “Teatr — ibratxonadur” mavzusida sahna ko‘rinishi namoyish etildi.
Mazkur seminar kutubxonachilar tajribasini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi
📍Bolalar kutubxonasi manzili🚘
Shu kecha va kunduzda
Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada yakunlandi
Yangi O‘zbekiston yoshlari yuksak marralar sari: UDEA talabalari e’tirof markazida
UZUNLIK MUALLIM: “BU HALI BOSHLANISHI!”
UNUTILGAN BAYRAM
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank