Inson uchun

Jarayon Inson uchun
17

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Toshkent shahrida uchinchi bor keng ko‘lamli “Inson uchun” festivali tashkil etildi. Yillar davomida festival oddiy savdo yarmarkasidan inklyuzivlik, bandlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan yirik ijtimoiy platformaga aylandi. Tadbir doirasida ish yarmarkalari, professional tanlovlar, ta’lim dasturlari hamda turli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.




Bu yilgi festivalning asosiy voqealaridan biri O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilgan Abilimpiya milliy chempionati bo‘ldi. Mazkur chempionat nogironligi bo‘lgan shaxslarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularning bandligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xalqaro harakatning bir qismidir. Musobaqa ishtirokchilari turli yo‘nalishlarda o‘z mahoratlarini namoyish etdilar, ish beruvchilar esa iste’dodli va motivatsiyaga ega mutaxassislar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.



Festivalda inklyuziv bandlik masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlari yaratayotgan hamda inklyuziv korporativ madaniyatni rivojlantirayotgan kompaniya va tadbirkorlar tadbirda faol ishtirok etmoqda.




“Ijtimoiy himoya milliy agentligi uchun nogironligi bo‘lgan insonlar nafaqat qo‘llab-quvvatlanishi, balki ta’lim olishi, ishlashi, rivojlanishi va jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida o‘zini his qilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish muhim ahamiyatga ega”, – dedi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva.

Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Yoshlar

Ulashish