Sun'iy intellekt jurnalistika uchun imkoniyatmi yoki xavf?

Dolzarb mavzu Sun'iy intellekt jurnalistika uchun imkoniyatmi yoki xavf?
47

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Jurnalistika, kommunikatsiya va kreativ iqtisodiyot: taraqqiyot tendensiyalari, ta’lim va texnologiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.



Jarayonda jurnalistika sohasining bugungi eng dolzarb masalalari – sun’iy intellektdan mediada foydalanish, dezinformatsiyaga qarshi kurash hamda faktcheking texnologiyalarini takomillashtirish masalalari quyidagi yo‘nalishlar kesimida tahlil qilindi:

  • audiovizual va internet jurnalistikasi hamda media kommunikatsiyalar;
  • gazeta, jurnal va axborot agentliklari faoliyatidagi transformatsiya;
  • jurnalistika fani va ta’lim metodologiyasining dolzarb masalalari;
  • mediasavodxonlik, sun’iy intellekt va axborot xavfsizligi;
  • kinopublitsistika, hujjatli kino va kreativ iqtisodiyot;
  • reklama, PR strategiyalari va mediamatn dizayni.





Konferensiya davomida soha vakillarimiz, Xitoy, Qozog‘iston, Turkiya va Rossiyadan tashrif buyurgan yetakchi olimlar so‘zga chiqib, global axborot almashinuvi sharoitida jurnalistikaning rivojlanish istiqbollari va ta’lim tizimidagi zamonaviy yondashuvlar yuzasidan fikr bildirdi. Ayni masalalarga uyg‘un ma’ruzalarni talaba va magistrantlar davom ettirishdi.


– Bugungi anjuman O‘zMUning xalqaro ilmiy makondagi mavqeyini mustahkamlash va zamonaviy jurnalistika ta’limida yangi akademik standartlarni belgilash yo‘lidagi muhim qadamdir, – deydi O‘zMU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Yoqub Ergashov. – Konferensiya doirasida ilgari surilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar O‘zbekistonda jurnalistika ta’limini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, media xavfsizligini mustahkamlash hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha yangi yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, konferensiyaga taqdim etilgan materiallar Google Scholar, ResearchBib va boshqa xalqaro ilmiy bazalarda DOI raqami bilan indeksatsiya qilinishi rejalashtirilgan.

Maqola muallifi

Shahnoza YANGIBOYEVA

Shahnoza YANGIBOYEVA

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Ta'lim
  • #AT
  • #Raqobat

Ulashish