Oltin yerdan, bilim kitoblardan qazib olinadi
Kitobxonlik
471
Bugun Chilonzor tumanidagi 281-maktabda kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha muhim qadam tashlandi. Maktabda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Kitob aql qal’asi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir maktab o‘qituvchisi Fotima Karimova tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari faol ishtirok etishdi. Bolajonlar sahna ko‘rinishlari, raqs va o‘zlari yod olgan she’rlar ila tadbirni qiziqarli hamda yuqori kayfiyatda o‘tishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi.