FVV Akademiyasida Mustaqillikning 35 yilligi
Jarayon
23
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi.
Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, “Shuhrat” medali sohibi, taniqli shoir Minhojiddin Mirzo, Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, harbiy xizmatchilar, tinglovchi va kursantlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni Akademiya boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor, polkovnik Muzaffarjon Mamasiddiqov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida davlatimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, istiqlol yillarida mamlakatimizda ro‘y bergan ulkan o‘zgarishlar hamda yosh avlodni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shundan so‘ng so‘z Minhojiddin Mirzoga berildi.
Taniqli ijodkor mustaqillikning ilk kunlari bilan bog‘liq xotiralari va taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, istiqlolning xalqimiz hayoti va tafakkurida tutgan o‘rni, Vatan qadrini anglash, tinchlik va osoyishtalikni asrash, yoshlarning yurt kelajagi oldidagi mas’uliyati xususida fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan eʼlon qilingan, yaʼni O‘zbekistonda ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, ekologiya, qonun ustuvorligi, mahallalarni rivojlantirish va tashqi siyosatni qamrab oladigan 7 ta milliy dastur amalga oshirilаyotganini alohida eʼtirof etdi.
Uchrashuv davomida Minhojiddin Mirzo Akademiya Axborot-resurs markazi fondiga 100 dan ortiq badiiy kitoblarni tuhfa qildi. Ushbu adabiyotlar kursant va tinglovchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, dunyoqarashi hamda ma’naviy tafakkurini boyitishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Tadbirning badiiy qismi o‘ziga xos ijodiy ruhda davom etdi. Professor Muzaffarjon Mamasiddiqov va Minhojiddin Mirzo o‘z ijod namunalaridan she’rlar o‘qib berdilar.
Akademiyaning ijodkor kursantlari ham Vatan, istiqlol, tinchlik va yurtga muhabbat tuyg‘ularini tarannum etuvchi she’rlari bilan ishtirok etdilar. She’riyat, samimiy muloqot va hayotiy xotiralar uyg‘unlashgan uchrashuv chinakam ma’naviyat va ijod kechasiga aylandi.
Tadbir yakunida Akademiya rahbariyati Minhojiddin Mirzoga yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning adabiyot va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga qo‘shayotgan munosib hissasi, mazmunli ijodiy muloqoti hamda Akademiya Axborot-resurs markazi fondiga taqdim etgan kitoblari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan mazkur uchrashuv ishtirokchilarda istiqlol qadri, Vatanga muhabbat va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlab, unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Farhodjon XOJAYEV,
FVV Akademiyasi axborot va jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi mayor
Shu kecha va kunduzda
FVV Akademiyasida Mustaqillikning 35 yilligi
Jarayon
Bahor g‘unchalari… gul bo‘lsin!
Siz nima deysiz?
SUN’IY INTELLEKT VA O‘ZBEK TILI: RAQAMLI MAKONDA MILLIY TAFAKKURNI QANDAY SAQLAB QOLAMIZ?
Dolzarb mavzu
SO‘ZGA SIG‘G AN OLAM
Talqin
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank