13 yoshli maktab oʻquvchisi shaxsiy brendiga ega

Soʻnggi yillarda oʻquvchilar orasida tashabbuskorlik kuchaymoqda. Til oʻrganish va zamonaviy texnikalardan unumli foydalana olish, mustaqil oʻqib-oʻrganish natijasida hatto maktab oʻquvchilari orasida ham dasturlash va kompyuter dizaynerligi, koperayterlik, logistika, ingliz tili repetitorligi bilan shugʻullanib, kasbiy faoliyat boshlayotgan oʻgʻil-qizlar soni ortib bormoqda.
Mahliyo timsolida esa biz sevimli kasb-hunar bilan ham inson qanday marralarga erishishi mumkinligini yaqqol anglaymiz.
"Mahliyo cooking" brendi ostida ikki yildan buyon faoliyat olib borayotgan qoʻli shirin pazanda Mahliyo Valiyeva Namangan shaharidagi 14-maktabning 7-sinfida tahsil oladi. Yevropa va uygʻur taomlarini pishirish borasida yuqori tajribaga ega iqtidor egasi tinimsiz izlanishlari natijasida hozirda 500 turdagi pishiriq hamda 200 xildagi mazali salatlarni professional tarzda tayyorlaydi. Mahliyoning kunlik buyurtmalari 20 dan ziyod boʻlib, oylik daromadi 15 million soʻmni tashkil etmoqda. U hozirda pishirish sanʼati boʻyicha oʻziga xos taʼmlar yaratish ustida ish olib bormoqda. Shu bilan birga, oʻzining oilaviy korxonasini ishga tushirish arafasida.
Shu kecha va kunduzda
O‘zbekistonda sun’iy intellekt bilan ishlaydigan kibertuzilma va dronlar hamda ularga qarshi kurash bo‘yicha yangi bo‘linmalar tuziladi
Bolani noqonuniy diniy taʼlim olishga jalb qilganlar javobgarlikka tortiladi
Endilikda energiya sarfi maktab yoshidan boshlab o‘rgatiladi
13 yoshli maktab oʻquvchisi shaxsiy brendiga ega
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga 70 ming dollar mukofot beriladigan bo‘ldi

Tadbirkor yoshlarga 2,5 milliard so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi

Endi xorijiy tillarni o‘rganayotgan yoshlarga xarajatlarning bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi
