Toshkentda 15 yoshli bolaning jinoyatchilikni orzu qilishini aytgan videosini tarqatgan shaxs javongarlikka tortildi

Yaqinda jinoyatchilikni orzu qilib gapirgan 15 yoshli o‘smirning videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘spirin hozir IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilgan. Aniqlanishicha, 500 ming so‘m miqdoridagi pul evaziga o‘spirinni videoga olib, ijrimoiy tarmoqqa joylagan shaxsga ham chora ko‘rilgan.
Ya’ni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 188-1-moddasi (voyaga yetmagan shaxsni maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish) bilan BHMning 15 barobari miqdorida jarima belgilangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bola 2 oydan beri ota-onasining qarovisiz qolgan hamda maktab taʼlimini olmay, koʻchada sotuvchilik bilan shugʻullanib kelgan. Shu o‘rinda, Toshkent shahar IIBB ushbu huquqbuzarlik uchun bolaning ota-onasiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasiga muvofiq BHMning 25 baravarigacha miqdorida jarima solinishi yoki 15 sutkagacha maʼmur qamoq jazosi tayinlanishi mumkinligini eslatib oʻtgan.
Shu kecha va kunduzda
O‘zbekistonda sun’iy intellekt bilan ishlaydigan kibertuzilma va dronlar hamda ularga qarshi kurash bo‘yicha yangi bo‘linmalar tuziladi
Bolani noqonuniy diniy taʼlim olishga jalb qilganlar javobgarlikka tortiladi
Endilikda energiya sarfi maktab yoshidan boshlab o‘rgatiladi
13 yoshli maktab oʻquvchisi shaxsiy brendiga ega
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

13 yoshli maktab oʻquvchisi shaxsiy brendiga ega

Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga 70 ming dollar mukofot beriladigan bo‘ldi

Tadbirkor yoshlarga 2,5 milliard so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi
