13 yoshli maktab oʻquvchisi shaxsiy brendiga ega

Iqtidorli yoshlar – yurt kelajagi 13 yoshli maktab oʻquvchisi shaxsiy brendiga ega
69

Soʻnggi yillarda oʻquvchilar orasida tashabbuskorlik kuchaymoqda. Til oʻrganish va zamonaviy texnikalardan unumli foydalana olish, mustaqil oʻqib-oʻrganish natijasida hatto maktab oʻquvchilari orasida ham dasturlash va kompyuter dizaynerligi, koperayterlik, logistika, ingliz tili repetitorligi bilan shugʻullanib, kasbiy faoliyat boshlayotgan oʻgʻil-qizlar soni ortib bormoqda. 

Mahliyo timsolida esa biz sevimli kasb-hunar bilan ham inson qanday marralarga erishishi mumkinligini yaqqol anglaymiz. 



"Mahliyo cooking" brendi ostida ikki yildan buyon faoliyat olib borayotgan qoʻli shirin pazanda Mahliyo Valiyeva Namangan shaharidagi 14-maktabning 7-sinfida tahsil oladi. Yevropa va uygʻur taomlarini pishirish borasida yuqori tajribaga ega iqtidor egasi tinimsiz izlanishlari natijasida hozirda 500 turdagi pishiriq hamda 200 xildagi mazali salatlarni professional tarzda tayyorlaydi. Mahliyoning kunlik buyurtmalari 20 dan ziyod boʻlib, oylik daromadi 15 million soʻmni tashkil etmoqda. U hozirda pishirish sanʼati boʻyicha oʻziga xos taʼmlar yaratish ustida ish olib bormoqda. Shu bilan birga, oʻzining  oilaviy korxonasini ishga tushirish arafasida.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Yoshlar

Ulashish