Chalg‘ish uchun “yangi olam” izlagandim…

Siz nima deysiz? Chalg‘ish uchun “yangi olam” izlagandim…
65



Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019–2023-yillarda respublikamizda giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning 22–25 foizi (30 yoshgacha) yoshlar tomonidan sodir etilgan. 


Mazkur ko‘rsatkich 2024-yilning o‘tgan 8 oyida esa 33,4 foizni tashkil etgan.


– Uyda taqiqlar ko‘payib ketganidan qochish­ga joy va chalg‘ish uchun “yangi olam” izlay boshladim. Tug‘ilgan kunimda esa “yangi atmosfera”ga tushib qoldim, – deya suhbatni boshladi 17 yoshli Sevara. – Ruhiy va emotsional holatimdagi o‘zgarishlarni ko‘rib, ota-onam majburan davolanishga olib keldi. Bir necha oy davomida muolaja oldim va eski do‘stlarimdan ham voz kech­dim. Maktabdagi to‘xtatib qo‘yilgan ta’limni davom ettirdim. Lekin biroz vaqt o‘tib yana dori qabul qilishni boshladim. 


Nahot Sevara ota-onasining ishonchini “ko‘tara olmadi”? Axir ko‘rsatilgan mehr-muhabbat uni to‘g‘ri yo‘lga boshlashi, o‘tgan ishlardan saboq olishi lozim edi.
– Har qancha berkitishga urinmay bu gal ham sezdirib qo‘ydim. Onam ko‘zida yosh, otam esa egilgan boshi bilan dispanserga yana joylashtirib ketdi, – deydi suhbatdoshimiz. 


O‘quvchilarning narkotik moddalarga qizi­qishi oilasi va atrofidagi muammolar, ota-ona­ning yetarli e’tibor qaratmasligi yoki aksincha, nazoratning kuchliligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Eng achinarlisi, ayrim maktab o‘quv­chilari og‘uni o‘z sinfdoshlari orqali xarid qiladi. Sevara kabi yo‘ldan adashgan yoshlari­miz, og‘u savdosi sabab manzilli koloniyalarda jazoni o‘tayotgan o‘quvchilarimiz esa bugun ko‘pa­yib bormoq­da. Bu yon-atrofimizga, yaqinlarimizga yanada e’tiborli bo‘lishimiz kerakligiga ishoradir.

Azizabonu QUVONDIQOVA, 

O‘zMU talabasi

Maqola muallifi

Amaliyotchilar

Amaliyotchilar

Talaba

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta
  • #Maktab

Ulashish