Elektromobil tez yordam mashinalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi
❗️Buxoroning tarixiy maskanlarida 24/7 tartibidagi elektromobil tez yordam mashinalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi
🚑 Buxoro shahrining tarixiy qismlarida joylashgan ziyoratgohlar, madaniy meros ob’yektlari va sayyohlar ko‘p to‘planadigan hududlarda zamonaviy hamda ekologik toza — elektromobil tez tibbiy yordam mashinalarining 24/7 tartibida ish faoliyati tashkil etildi.
☺️ Mazkur tashabbus yurtimizda sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish, mahalliy va xorijiy mehmonlarga munosib shart-sharoit yaratish, ularning xavfsizligi hamda sog‘lig‘ini asrash maqsadida amalga oshirildi.
👩⚕️ Ta’kidlash lozimki, ushbu xizmatda faoliyat olib boruvchi tibbiyot xodimlari, xususan, feldsherlar — xorijiy tillarni biladigan, yuqori malakaga ega mutaxassislar hisoblanib, ular favqulodda holatlarda professional tarzda harakat qilish, bemorga birinchi yordam ko‘rsatish hamda kerakli tibbiy muolajalarni amalga oshirish tajribasiga ega.
‼️Bu loyiha nafaqat turistlar, balki mahalliy aholi uchun ham qulaylikdir. Zero, jamoat joylarida tez tibbiy xizmatga bo‘lgan ehtiyoj — hayot uchun muhim omillardan biri hisoblanadi deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Shu kecha va kunduzda
“YALDO KECHASI” TARIXIY ROMANI KITOBXONLAR QO‘LIDA
“Jadidlar izidan” respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
IMKONIYATLAR NATIJA BERMOQDA
FAN OLIMPIADALARI: NATIJA VA RAG‘BAT
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank