FAN OLIMPIADALARIGA TAYYORLANADIGAN O‘QUVCHILAR UCHUN ONLINE FOYDALI PLATFORMALAR

Bilasizmi? FAN OLIMPIADALARIGA TAYYORLANADIGAN O‘QUVCHILAR UCHUN ONLINE FOYDALI PLATFORMALAR
56


❗️Fan olimpiadalariga tayyorlanish — bu sabr, mehnat va to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqni talab qiladigan jarayon. 


⚡️ Shu munosabat bilan Fan olimpiadalari markazi qishki ta'til davomida sizlarga ijtimoiy tarmoqlarda bepul va samarali tarzda foydalanishingiz mumkin bo‘lgan olimpiadalarga oid ba’zi platformalarni taqdim etadi!


Matematika fanidan:

1️⃣  Art of Problem Solving – www.artofproblemsolving.com (AoPS)  — olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘quvchilar uchun yaratilgan.

2️⃣ Coursera – www.coursera.org — Matematika, fizika, biologiya, kimyo kabi fanlardan chuqur darslar.


Fizika fanidan:

1️⃣ PhO  —  Fan olimpiadalari ishtirokchilari, ayniqsa fizika bilan shug‘ullanuvchilar uchun mo‘ljallangan xalqaro platforma,

2️⃣Physolymp — Xalqaro va mahalliy olimpiadalarga mustaqil tayyorgarlik ko'rish uchun,

3️⃣Phet — fizikadagi masalalarni visual tasavvur qilish uchun


Kimyo fanidan:

1️⃣ ChemCollective — Virtual laboratoriyalar, kimyoviy tahlillar va masalalar jamlanmasi.

2️⃣ Royal Society of Chemistry — Dars materiallari, tajriba videolari, testlar va laboratoriya topshiriqlari (“Olimpiadalar” bo‘limi ham mavjud!)


Biologiya fanidan:

1️⃣LibreTexts — Biologiya fanidan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish uchun

2️⃣Microbe Notes — Biologiya fanidan amaliy bilimlarni chuqurlashtirish uchun


Informatika va axborot texnologiyalari fanidan:

1️⃣CSES  —  ​CSES.fi — Standart algoritmlarni mustahkamlash uchun 300 ta eng saralangan masala to‘plami.

2️⃣​Robocontest  —  Robocontest.uz — O‘zbek tilidagi eng katta baza. Milliy olimpiadalarga tayyorlanish uchun ayni muddao.

3️⃣Algorithms for Competitive Programming  —  ​CP-Algorithms.com — Algoritmlar nazariyasi bo‘yicha eng chuqur ma'lumotlar bazasi.



Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta
  • #AT

Ulashish