FAN OLIMPIADALARIGA TAYYORLANADIGAN O‘QUVCHILAR UCHUN ONLINE FOYDALI PLATFORMALAR
❗️Fan olimpiadalariga tayyorlanish — bu sabr, mehnat va to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqni talab qiladigan jarayon.
⚡️ Shu munosabat bilan Fan olimpiadalari markazi qishki ta'til davomida sizlarga ijtimoiy tarmoqlarda bepul va samarali tarzda foydalanishingiz mumkin bo‘lgan olimpiadalarga oid ba’zi platformalarni taqdim etadi!
Matematika fanidan:
1️⃣ Art of Problem Solving – www.artofproblemsolving.com (AoPS) — olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘quvchilar uchun yaratilgan.
2️⃣ Coursera – www.coursera.org — Matematika, fizika, biologiya, kimyo kabi fanlardan chuqur darslar.
Fizika fanidan:
1️⃣ PhO — Fan olimpiadalari ishtirokchilari, ayniqsa fizika bilan shug‘ullanuvchilar uchun mo‘ljallangan xalqaro platforma,
2️⃣Physolymp — Xalqaro va mahalliy olimpiadalarga mustaqil tayyorgarlik ko'rish uchun,
3️⃣Phet — fizikadagi masalalarni visual tasavvur qilish uchun
Kimyo fanidan:
1️⃣ ChemCollective — Virtual laboratoriyalar, kimyoviy tahlillar va masalalar jamlanmasi.
2️⃣ Royal Society of Chemistry — Dars materiallari, tajriba videolari, testlar va laboratoriya topshiriqlari (“Olimpiadalar” bo‘limi ham mavjud!)
Biologiya fanidan:
1️⃣LibreTexts — Biologiya fanidan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish uchun
2️⃣Microbe Notes — Biologiya fanidan amaliy bilimlarni chuqurlashtirish uchun
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan:
1️⃣CSES — CSES.fi — Standart algoritmlarni mustahkamlash uchun 300 ta eng saralangan masala to‘plami.
2️⃣Robocontest — Robocontest.uz — O‘zbek tilidagi eng katta baza. Milliy olimpiadalarga tayyorlanish uchun ayni muddao.
3️⃣Algorithms for Competitive Programming — CP-Algorithms.com — Algoritmlar nazariyasi bo‘yicha eng chuqur ma'lumotlar bazasi.
Shu kecha va kunduzda
Nega bugun matematika har qachongidan muhim?
Taqdirlash marosimi
Kaliforniya Universiteti Tramp bosimiga qaramay rekord darajada talabalar qabul qildi
FAN OLIMPIADALARIGA TAYYORLANADIGAN O‘QUVCHILAR UCHUN ONLINE FOYDALI PLATFORMALAR
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank