FVV AKADEMIYASIDA “O‘ZBEKISTON-KITOBXONLAR YURTI” SHIORI OSTIDA “LIDERLAR KITOBI” TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida bugun “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, siyosiy fanlar doktori (DSc) Otabek Abdurashidovich Hasanovning “Liderlar kitobi” taqdimoti ochiq va samimiy muloqot tarzida tashkil etildi.
Mazkur ochiq muloqotda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari, kursantlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni Akademiya boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor, polkovnik Muzaffarjon Mamasiddiqov ochib, kitob umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘luvchi sodiq do‘st ekanligi, shu bilan birga insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo‘qligi, shu bois ham azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o‘qishga, undan ilmu odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelishganligi xususida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng mamnuniyat bilan so‘z Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanovga berildi. Notiq o‘z nutqida kitob mutolaasi kishida shunday chin insoniy fazilatlarni shakllantirib, uni hayotda o‘z o‘rnini topishga, jamiyatning chinakam a’zosiga aylanishida, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga ega ekanligi, zero buyuk bobokalonimiz, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari ta’kidlaganlaridek “Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbaidir” deya e’tirof etdi.
Shuningdek, suhbat davomida “Liderlar kitobi” haqida muallif bugungi kunda, ayniqsa, lider tushunchasi uning mohiyatini anglash har bir shaxs uchun muhimliligini ta’kidlab o‘tdi.
Ushbu kitobda juda ko‘p yangi g‘oyalar, hayotga teran nazar bilan qarash, g‘oliblikka intilish, saodat va komillik uchun dadil qadam tashlash, jasurlik va mardlik kabi insoniy fazilatlarni o‘zida shakllantirish, Vatan rivojiga, uning iqtisodini yuksaltirishga astoydil kirishish, aql-zakovatni, ilmni har qanday ishdan ustun qo‘yish kabi holatlar mujassam bo‘lgan.
Ma’ruzachi kitobning mohiyati haqida gapirar ekan, “Lider kim? U hurmatga sazovor bo‘lgan inson, unga xalq ishonadi. Lider deganda, men uchta sifatga ega rahbarni aytgan bo‘lardim. Birinchisi ishonch. Agar siz tashkilotni boshqarayotgan rahbarga ishonch bildirsangiz, siz unga ishonasiz, u sizni qayerga olib ketyapti, uning maqsadini bilasiz” kabi bir qator qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi.
Samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda barcha ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Muxtasar qilib aytganda, kitob hayot yo‘limizni yoritib turuvchi mayoqdir. U insonga ulkan ma’naviy ozuqa berib, qalbini ezguliklarga oshno etadi. Yaxshi kitob tafakkurga qanot, qalbga yorug‘lik bag‘ishlaydi.
Akademiya axborot xizmati.
Shu kecha va kunduzda
FVV AKADEMIYASIDA “O‘ZBEKISTON-KITOBXONLAR YURTI” SHIORI OSTIDA “LIDERLAR KITOBI” TAQDIMOTI O‘TKAZILDI
“El-yurt umidi” stipendiyasi taʼsis etildi.
Masalliq zo‘r – lekin oshpaz g‘o‘r! yoxud o‘zbekistonlik o‘quvchilarning bilimlari bu qadar pastligiga sabab nima?
Yoshlar – yangi O‘zbekiston kelajagi bunyodkori
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

“El-yurt umidi” stipendiyasi taʼsis etildi.

Masalliq zo‘r – lekin oshpaz g‘o‘r! yoxud o‘zbekistonlik o‘quvchilarning bilimlari bu qadar pastligiga sabab nima?

O‘ZBEKISTONDA OLIY TA’LIM: KECHA, BUGUN VA ERTAGA
