30-iyun – Yoshlar kuni: Kelajak bunyodkorlariga e’tibor va ishonch bayrami

Har yili mamlakatimizda keng nishonlanadigan 30-iyun – Yoshlar kuni nafaqat bayram, balki yosh avlodga bo‘lgan yuksak e’tibor, mehr va g‘amxo‘rlikning yorqin timsolidir. Bu sana O‘zbekiston yoshlariga munosib ishonch bildirilayotgani, ularning orzu-umidlariga qanot bag‘ishlanayotganining amaliy ifodasidir, desak yanglishmagan bo‘lamiz.
Yurtimiz yoshlari bugun ilm-fan, ta’lim, sport, san’at, texnologiya va boshqa sohalarda ulkan yutuqlarga erishmoqda. Xalqaro olimpia va musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritmoqda, zamonaviy kasb va texnologiyalarni egallab, o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqda. Bularning barchasi hech shubhasiz, biz yoshlarga bo‘lgan ishonch va yaratib berilayotgan cheksiz imkoniyatlar mevasidir.
Bola qo‘liga qay rangdagi qalam berilsa, u umrini shu ranglar bilan chiza boshlaydi. Uning kelgusi muvaffaqiyatlarida esa bu ranglar albatta, muhim ahamiyatga ega. Hayotimizni eng go‘zal ranglar bilan bo‘yashga imkon yaratib berayotgan yurtimiz va yurtboshimizga rahmat! Albatta bu biz yoshlar uchun ulkan mas’uliyat hamdir.
Necha yoshni qarshilamasin, qalbini shijoat, yoshlik g‘ayrati tark etmagan barchaga bugungi bayram muborak bo‘lsin!
Nigora XOSHIMXONOVA,
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 21-maktab o‘quvchisi
Shu kecha va kunduzda
Ertaklar ̶ yaxshilikka yetaklar
30-iyun – Yoshlar kuni: Kelajak bunyodkorlariga e’tibor va ishonch bayrami
Oliy ta’lim bilan hamkorlik
“Biz buni bolalarga koʻrsatilgan ehtirom sifatida qabul qildik!”
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank