GRANT UCHUN KURASH

Bilib qo‘ygan yaxshi GRANT UCHUN KURASH
112

Orzularni maqsadga aylantirib yashayotgan beg‘ubor qizaloq bugun o‘zi xohlagan oliy ta’lim muassasasi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetida to‘lov shartnomasi asosida tahsil olmoqda. Bunga sabab ijodiy imtihonda yetarli ball to‘play olmaganim edi. Ijodiy imtihonning birinchi zarbasini suhbat jarayonida olgandim. Suhbat oluvchi jurnalistika universitetlari o‘quv tizimiga kiritilgan mavzulardan savollar bera boshladi: Reportaj nima? Reportajning qanday turlari mavjud? Stand up nima? Lavha nima?... Vaholanki, bu mavzularni 1-kursda o‘rgandik. Bu men uchun adolatsizlikdek tuyulgandi.


Ammo endi ko‘nglimda ortiq gina saqlab yurishga hojat qolmadi, sababi ta’lim grantlarini iqtidorga yo‘naltirish, grant kvotalarining taqsimlanishida raqobat muhitini yaratish va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarori joriy etildi. Grantning qayta taqsimlanishi talabalar orasida raqobatni kuchaytirib, ularni ijtimoiy faollikka chorlashda muhim rol o‘ynamoqda. Bu borada oq sahifalarga qora harflar bilan yozilgan maqola-yu she’rlarimiz, umuman olganda, ijodiy ishlarimiz dalil bo‘la oladi. Ijtimoiy faollikni oshirish uchun quyidagi talablar joriy etilgan. Kitobxonlik madaniyati, 5 muhim tashabbus doirasidagi to‘garaklarda faol ishtirok, talabanining akademik o‘zlashtirishi, talabaning oliy ta’lim tashkilotining ichki tartib qoidalari va odob-axloq kodeksiga rioya etishi, xalqaro, republika, viloyat fan olimpiadalari va sport musobaqalarida erishgan natijalari, shuningdek, talabaning darslarga kechikmasdan kelishi va boshqalar…


Grant uchun kurashishdagi raqobat qo‘rquv emas, balki o‘sish imkoniyatidir. Bu borada biz ruhan, ham aqlan ulg‘ayamiz, orttirilgan bilimlarimizni amalda isbotlaymiz.

Dilnura MUSAYEVA,

O‘zDJTU talabasi

Maqola muallifi

Amaliyotchilar

Amaliyotchilar

Talaba

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish