Muvozanat
Poytaxtdagi "Azimut Grand Hotel Uzbekistan" mehmonxonasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun psixologik qoʻllab-quvvatlash dasturi — “Muvozanat” trening dasturining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Dasturni tashkil etishdan asosiy maqsad, maktabgacha taʻlim tashkilotlari xodimlarining emotsional salomatligini tiklash va qoʻllab-quvvatlash, pedagoglarni amaliy texnikalar, oʻzini-oʻzi boshqarish va emotsional qoʻllab-quvvatlash koʻnikmalariga oʻrgatish, emotsional intellekt va kasbiy motivatsiyani rivojlantirishdan iborat.
Shuningdek, tarbiyachilar, pedagoglar va maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlariga ichki muvozanatni saqlashda, professional salomatlikni mustahkamlashda va bolalar uchun emotsional farovon muhit yaratishda yordam berishdir.
Ikki kun davom etgan seminar treninglarda mutaxassislar zamonaviy psixologik metodlarni oʻzlashtirishdi, amaliy mashqlar bajarib oʻzaro tajriba almashishdi.
Trening maʼruza modullari hamda interaktiv mashgʻulotlarni oʻz ichiga olgani sababli dastur maksimal darajada amaliy va foydali ekanligi bilan ahamiyatli bo'ldi.
Shu kecha va kunduzda
SADOQAT TIMSOLI
Mehr bilan yengilgan dardlar
Ochiq eshiklar kuni
Ilm-fan taraqqiyotida ayollar: tarix, bugun va kelajak
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank